Sloveniyalik taniqli mutaxassis Sreçko Katanets Özbekiston milliy jamoasi boş murabbiyiga aylanişi mumkin. Bu haqda Tribuna.uz Eronning «Tasnim» axborot agentligiga tayanib xabar bermoqda.
Manbaning xabar berişiça, Iroq milliy jamoasi boş murabbiyi sanalmiş Sreçko Katanets oylik maoşlarini ololmayotgani masalasida Iroq futbol federatsiyasi ustidan FIFAga rasman şikoyat arizasini kiritgan.
Qayd etilişiça, sloveniyalik murabbiy sönggi 6 oydan buyon Iroq futbol federatsiyasidan oylik maoşlarini ololmayapti. FIFA iroqliklarga sönggi ogohlantiriş sifatida maoşlarni tölaş uçun 10 kunlik muhlat bergan. Iroq futbol federatsiyasi FIFA talabi böyiça tez orada murabbiy bilan hisob-kitobni amalga oşirib, Katanets bilan rasman xayrlaşmoqçi.
Xabarda keltirilişiça, Katanets ham Iroq milliy jamoasini tark etişga tayyor. 57 yoşli mutaxassis Özbekiston milliy jamoasini boşqariş taklifini olgan. Sloveniyalik murabbiy ÖFA bilan muzokarani boşlagan.

Ma'lumot uçun, Katanets qöl ostidagi Iroq milliy jamoasi öz guruhida Erondan keyingi 2-örinni egallab, JÇ-2022 hal qiluvçi saralaş bosqiçiga yöl olgandi. Özbekiston esa bu vazifani uddalay olmagani sababli milliy jamoa boş murabbiyi Vadim Abramov iste'foga çiqarilgan edi.
Eslatib ötamiz, Katanets qöl ostidagi Iroq milliy jamoasi 29 mart kuni Toşkentda ötgan örtoqlik öyinida Özbekiston milliy jamoasini mağlub (0:1) etgandi.








