Davlat test markazi tomonidan Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahri hokimliklari bilan hamkorlikda ikki xil ssenariy ustida iş olib borilmoqda. Bu haqda AOKAda 2021/2022 öquv yili qabul jarayonlari bilan boğliq dolzarb masalalar yuzasidan ötkazilgan brifingda Davlat test markazi boşqarma boşliği Bekzod Toşpölatov ma'lum qildi.
Davlat test markazi boşqarma boşliği joriy yilda qabul jarayonlariga kiritilgan muhim yangiliklar haqida gapirdi.
«Joriy yilgi qabul jarayonlariga oid muhim masalalardan biri, 2021/2022 öquv yili qabulidan boşlab alohida iqtidor talab etiladigan ta'lim sohalarining bakalavriat ta'lim yönalişlariga öqişga qabul qilişda abituriyentlar uçun kasbiy (ijodiy) imtihonlardan söng majburiy uçta – ona tili (özbek, rus yoki qoraqalpoq tili), matematika va Özbekiston tarixi fanlari böyiça Davlat test markazi tomonidan test sinovlari ötkaziladi.
Yana bir muhim jihat, 2021/2022 öquv yili qabulidan boşlab, qonunçilik hujjatlariga muvofiq, oliy ta'lim muassasalariga imtihonlarsiz davlat granti asosida öqişga kiriş böyiça imtiyozga ega bölgan şaxslar umumiy qabul parametrlaridan taşqari qöşimça davlat granti asosida öqişga qabul qilinadi», dedi u.
Boşqarma boşliği test jarayonlariga tayyorgarlik masalalariga ham töxtalib, mamlakatda epidemiologik vaziyat davom etayotganini inobatga olgan holda, Davlat test markazi tomonidan Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahri hokimliklari bilan hamkorlikda ikki xil ssenariy ustida iş olib borilayotganini aytdi.
«Ayni paytda 2ta ssenariy muhokama qilinmoqda: test sinovlarini an'anaviy şaklda katta siğimli binolarda yoki 2020 yildagi kabi oçiq maydonlarda ötkaziş masalasi körib çiqilmoqda.
Buning uçun test sinovi ötkaziladigan joylar tanlanib, reja-çizmalari va dislokatsiyalari tayyorlandi. 46 830 nafar abituriyent uçun möljallangan 96ta katta siğimli yopiq bino, 59 040 nafar abituriyentga möljallangan 65ta stadion va xiyobonlarda ötkaziş möljallangan.
Test sinovlari ötkaziladigan katta siğimli binolar va oçiq maydonlar röyxati Davlat komissiyasiga kiritildi» deya ta'kidladi Bekzod Toşpölatov.
Eslatib ötamiz, 2021/2022 öquv yili uçun davlat buyurtmasi parametrlari bakalavrlar tayyorlaş böyiça kunduzgi ta'limga 113 530 nafar, sirtqi ta'limga 37 675 nafar, keçki ta'limga 6 550 nafar etib, magistraturaga 12 900 nafar etib belgilangan. Filiallar va nodavlat oliy ta'lim taşkilotlarida davlat granti asosida kadrlar tayyorlaş böyiça – 500 nafar abituriyent qabul qilinadi.












