Birinçi smenada test sinovlari soat 08:00 dan 11:00 gaça, ikkinçi smenada esa 15:00 dan 18:00 gaça bölib ötadi.

Talabgorlar test ötkaziladigan hududga sinov boşlanişidan kamida bir yarim soat oldin pasport yoki ID-karta hamda abituriyent ruxsatnomasi bilan kelişi kerak.

Bunda birinçi smenada iştirok etuvçilar soat 07:30 ga, ikkinçi smenadagilar esa 14:30 ga qadar tekşiruvlardan ötib, öz joylariga joylaşgan bölişi lozim.

Test sinovlari ikkita mutaxassislik va uçta majburiy fan böyiça ötkaziladi. Talabgorlarga mutaxassislik fanlaridan 30 tadan, majburiy fanlardan 10 tadan - jami 90 ta test topşiriği beriladi.

Testlarni işlaş va javoblarni javoblar varaqasiga köçiriş uçun 3 soat vaqt ajratiladi.

Talabgorlar test sinovida iştirok etiş uçun ruxsatnomani Bilim va malakalarni baholaş agentligining my.uzbmb.uz sayti orqali olişi mumkin.