Bilim va malakalarni baholaş agentligi ma’lumotiga köra, test sinovlari har kuni ikki smenada taşkil etiladi. Birinçi smena soat 08:00 dan 11:00 gaça, ikkinçi smena esa 15:00 dan 18:00 gaça davom etadi.
Abituriyentlar test sinovlari ötkaziladigan hududga kamida 1,5 soat oldin yetib kelişi lozim. Ular birinçi smena uçun soat 07:30 gaça, ikkinçi smena uçun esa 14:30 gaça tekşiruvlardan ötib, belgilangan joylarini egallagan bölişi kerak.
Test sinovlariga kiriş uçun abituriyentlardan pasport yoki ID-kartaning asli hamda abituriyent ruxsatnomasi talab etiladi. Pasport nusxasi yoki boşqa hujjatlar bilan kelgan, şuningdek, belgilangan vaqtdan keçikkan abituriyentlar test sinovlariga qöyilmaydi.
Test jarayonlari töliq videokuzatuv ostida ötkaziladi va onlayn tarzda namoyiş etiladi. Abituriyentlar va ularning yaqinlari imtihonlarni maxsus onlayn platforma orqali kuzatişlari mumkin.

















