2021/2022 öquv yili uçun davlat buyurtmasi parametrlari:
a) bakalavrlar tayyorlaş böyiça:
- kunduzgi ta'lim şakliga – 113 530 nafar etib;
- sirtqi ta'lim şakliga – 37 675 nafar etib;
- keçki ta'lim şakliga – 6 550 nafar etib;
b) magistrlar tayyorlaş böyiça – 12 900 nafar etib;
v) filiallar va nodavlat oliy ta'lim taşkilotlarida davlat granti asosida kadrlar tayyorlaş böyiça – 500 nafar etib tasdiqlandi.

Şunday tartib örnatiladiki, unga muvofiq 2021/2022 öquv yili qabulidan boşlab davlat granti asosida kadrlarni tayyorlaş böyiça davlat buyurtmasi Özbekistonda faoliyat yuritayotgan xorijiy oliy ta'lim taşkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy ta'lim taşkilotlari uçun ham şakllantiriladi. Bunda:
- filiallar va nodavlat oliy ta'lim taşkilotlarida davlat granti asosida kadrlarni tayyorlaş böyiça davlat buyurtmasi vazirlik, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlarining oliy ma'lumotli kadrlarga bölgan ehtiyojidan kelib çiqib şakllantiriladi;
- filiallar va nodavlat oliy ta'lim taşkilotlariga kiriş imtihonlarida eng yuqori ball töplagan va öqişni tamomlagandan söng kadrlar buyurtmaçisi tizimida 5 yildan kam bölmagan muddat davomida işlab beriş istagini bildirgan abituriyentlar bilan uç tomonlama (kadrlar buyurtmaçisi–talaba–oliy ta'lim taşkiloti) şartnoma tuziladi;
- filiallar va nodavlat oliy ta'lim taşkilotiga kiriş imtihonlarida eng yuqori ball töplagan abituriyentlar kadrlar buyurtmaçisi bilan şartnoma imzolaş istagini bildirmagan taqdirda, şartnoma tuziş huquqi kiriş imtihonlarida töplagan ballar ketma-ketligiga mos ravişda keyingi örindagi abituriyentga beriladi;
- davlat buyurtmasi asosida öqişga qabul qilingan talabalarning öqitiş xarajatlari kadrlar buyurtmaçilari tomonidan davlat budjeti parametrlarida mazkur maqsadlar uçun nazarda tutilgan mablağlar hisobidan qoplanadi.













