Hukumat qarori bilan “Özbekiston Respublikasi Yoşlar işlari agentligining Yoşlarga oid davlat siyosatini qöllab-quvvatlaş jamğarmasi mablağlarini şakllantiriş va ulardan foydalaniş tartibi töğrisida”gi nizom tasdiqlandi.
Jamğarma mablağlari, jumladan, quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:
- yoşlarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilişga qaratilgan çora-tadbirlarni moliyalaştiriş;
- “Yoşlar daftari”ga kiritilgan yoşlarning xorijiy tillar va umumta’lim fanlar böyiça nodavlat ta’lim taşkilotlarida öqiş xarajatlarining 50 foizi (bazaviy hisoblaş miqdorining 5 baravarigaça) hamda ular böyiça milliy sertifikatlar oliş uçun ötkaziladigan imtihonlarni topşiriş xarajatlarini kompensatsiya qiliş;
- xalqaro imtihon tizimlari (IELTS, TOEFL, GMAT, GRE, SAT va boşqalar) böyiça eng yuqori ball töplagan iqtidorli yoşlarga imtihon topşiriş xarajatlarini qoplab beriş;
- yoşlarga oid dasturlar, loyihalar, tanlovlar va boşqa tadbirlar uçun nodavlat notijorat taşkilotlari va fuqarolik jamiyatining boşqa institutlari, şu jumladan, OAVlarga ijtimoiy buyurtma ajratiş;
- “Mehribonlik” uylari tarbiyalanuvçilari hamda “Yoşlar daftari”ga kiritilgan yoşlarning haydovçilik kurslarida öqiş xarajatlarini (bazaviy hisoblaş miqdorining 4 baravarigaça) mazkur xususiy korxona va taşkilotlarga kompensatsiya sifatida qoplab beriş.












