Hukumat qarori bilan Muhtoj şaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilişning texnik vositalari bilan ta'minlaş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi.
Muhtoj şaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilişning texnik vositalari bilan ta'minlaş tegişli vositalarni sotib oliş imkoniyatini taqdim etuvçi sertifikat orqali amalga oşiriladi.
Sertifikat muhtoj şaxslarga tuman (şahar) tibbiyot-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantiriş bölimlari tomonidan beriladi.
Agar nogironligi bölgan şaxsni reabilitatsiya qilişning texnik vositasi yoki xizmatlar öz hisobidan qoplangan bölsa, unga vositaning yoki xizmatning qiymati miqdorida kompensatsiya tölanadi.
Muhtoj şaxslarga protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilişning texnik vositalari tegişli tibbiy xulosa asosida beriladi. Bunda tibbiy xulosalar ularning doimiy yaşaş joyi böyiça:
- pensiya yoşidagi muhtoj şaxslarga – Tibbiy-maslahat komissiyasi tomonidan;
- 18 yoşgaça nogironligi bölgan bolalarga – Pediatriya tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari tomonidan;
- 18 yoş va undan katta yoşdagi nogironligi bölgan şaxslarga – Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi tomonidan beriladi.
Şunga köra, har keyingi yil uçun har yili 15 dekabrgaça protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilişning texnik vositalariga muhtoj şaxslar röyxati şakllantiriladi.
Birinçi marta murojaat qilgan muhtoj şaxslarga sertifikat rasmiylaştiriş muddati murojaat qilingan kundan boşlab 30 iş kunidan oşmasligi lozim.
Muhtoj şaxs sertifikat asosida özi tanlagan taşkilotga murojaat qiladi.
Sertifikatning amal qiliş muddati rasmiylaştirilgan yil uçun haqiqiy hisoblanib, keyingi yil uçun amal qilmaydi.
Protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilişning texnik vositalarini tayyorlaş va yetkazib berişning sönggi sanasi har yilning 20 dekabridan keçikmasligi lozim.
Qarorga köra, protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilişning texnik vositalari örtaça narxlari keyingi yil uçun har yili 5 dekabrgaça şakllantiriladi hamda 15 dekabrgaça tasdiqlanadi.











