Rossiya boş vaziri Mixail Mişustin avtobus, tramvay, trolleybus va yuk avtomobillarini boşqariş uçun belgilangan tibbiy çeklovlar röyxatiga özgartiriş kiritdi. Tegişli farmoyiş 21-avgust kuni Rossiyaning huquqiy axborot rasmiy portalida eʼlon qilingan.
Yangi qoidalarga muvofiq, yuqori yoki quyi qöl-oyoq aʼzolaridan biri bölmagan şaxslar ham uşbu turdagi transport vositalarini boşqarişi mumkin. Şuningdek, qöl panjasi yoki oyoq kaftida jiddiy deformatsiyasi bölgan, barmoqlari yoki ularning ayrim falangalaridan ayrilgan şaxslarga ham haydovçilik qilişga ruxsat etiladi.
Ayni paytda, har ikki qöl yoki oyoq, şuningdek, ikkala qöl panjasi bölmagan holatlarda avtobus, tramvay, trolleybus va yuk avtomobillarini boşqariş taqiqlanganiça qoladi. Qöl panjalarining harakatini jiddiy qiyinlaştiradigan deformatsiyalar ham tibbiy çeklov sifatida saqlab qolingan.
Mazkur çeklovlarni qayta körib çiqiş masalasi 10-avgust kuni jamoat transportini rivojlantirişga bağişlangan Davlat kengaşi yiğilişida kötarilgan edi. Buratiya rahbari Aleksey Sidenov amaldagi talablarni özgartirişni taklif qilgan. Yiğilişda Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham iştirok etgan.
Sidenovning taʼkidlaşiça, zamonaviy transport vositalari boşqaruvining avtomatlaştirilganlik darajasi Ukrainadagi uruşda qatnaşib, muayan jarohatlar olgan şaxslarga ham avtobus haydovçisi sifatida işlaş imkonini beradi.
19-avgust kuni Vladimir Putin ham Ukrainadagi uruş qatnaşçilarini iş bilan taʼminlaş masalasiga töxtalgan. U ularning qaytişiga oldindan tayyorgarlik köriş zarurligini bildirgan va köplab harbiylar uruşdan keyin mehnat bozoriga qaytişini aytgan.
Şu tariqa, yangi tartib ayrim jismoniy çeklovlarga ega şaxslarning avtobus va boşqa yirik transport vositalarini boşqarişiga qöyilgan avvalgi tibbiy tösiqlarni yumşatadi.













