UzbekLife xorijiy mamlakatlar vizalari haqidagi turkum materiallarni berişda davom etadi. Uşbu maqola orqali köplar uçun qiziq bölgan Meksika mamlakati vizasi turlari, ularni oliş tartibi va tölovlari borasida ma'lumot beramiz.
Meksika ispan tilida sözlaşadigan mamlakatlarning eng kattasi bölib, boy madaniyatga va tarixiy merosga ega. Ularning aksariyati YuNESKÖning Jahon merosi obektlari hisoblanadi. Bu dunyodagi eng köp taşrif buyuradigan joylardan biri bölib, har yili millionlab sayyohlarni jalb qiladi. Ular Meksikaning jonli hayot tarzidan bahramand bölişni istaydilar. Şu bilan birga, bu mamlakat işlaşni yoki Meksikadagi ta'lim muassasasida öqişni davom ettirişni istagan çet elliklarni öz bağriga jalb qiladi.
Meksika viza turlari
Meksika vizalarining yaşaş muddatiga qarab uçta asosiy turi mavjud:
Meksika sayyohlik vizalari. 180 kungaça bölgan qisqa muddatga beriladi. Ular Meksikaga sayyohlik, biznes, taşrif yoki boşqa maqsadlar uçun kirişni istagan vizali çet el fuqarolariga beriladi.
Sayyohlik vizasidan taşqari, barça xorijiy fuqarolar, millatidan qat'i nazar, Meksikaga kirişdan oldin Meksika turistik kartasini olişlari şart.

Meksika turistik kartasi nima?
Meksika sayyohlik kartasi (Forma Migratoria Múltiple, FMM) – bu har bir çet el fuqarosi Meksikaga kirişdan oldin olişi kerak bölgan ruxsatnoma. Unda mamlakatda qoliş uçun ruxsat berilgan va tugaşidan oldin siz jönab ketişingiz kerak bölgan kunlar soni körsatilgan. Şuningdek, bu karta sizning şunçaki sayyoh ekanligingizni va işlaşga ruxsat berilmaganini körsatuvçi ruxsatnomadir. Siz doimo kartani yoningizda saqlaşingiz zarur.
Meksikaga sayyoh sifatida kirgan har bir kişi turistik kartani olişi şart. Bunga Meksikaning turistik vizalaridan ozod qilingan davlatlarning fuqarolari ham kiradi.
Siz sayyohlik kartasini Meksikaga kiriş joyidan yetib borganingizdan söng olişingiz mumkin. Ba'zi aviakompaniyalar hattoki sayyohlik kartasini çipta narxi bilan birga taklif qilişadi. Şu bilan birga, siz sayohat qilişdan 7 kun oldin onlayn ravişda Meksika turistik kartasini olsangiz böladi. Ikkalasining farqi şundaki, viza amal qiladigan mamlakatlar fuqarolari turistik viza oliş uçun elçixonaga murojaat qilişlari kerak. Agar ular vizani olsalar, turistik kartani ham olişlari lozim. Vizadan ozod etilgan çet elliklar, Meksikaga kirişdan yoki sayohat qilişdan oldin, faqatgina Tourist card’ni olişlari kerak – bu yerda Tourist visa’ga ehtiyoj yöq.
Özbekiston fuqarolari kartaga onlayn tarzda bemalol murojaat qilişlari mumkin. Onlayn ariza beriş jarayoni muammosiz. Çunki sayohatçilar Meksika elçixonasiga borişlari yoki uçraşuvni kutişlari şart emas.
Internetda ariza topşirişda quyidagi ba'zi muhim maslahatlar mavjud:
- Kartani oliş uçun sayohatçilar anketani aniq töldirişlari kerak.
- Ariza şakli bilan biror hujjatni yuklaş şart emas. Biroq hujjatlarni rasmiylaştiriş uçun amaldagi pasport kerak.
- Qayta işlangan Karta elektron poçta orqali murojaat etuvçilarga yuboriladi.

Meksika turistik vizasiga qanday talablar mavjud?
Meksika turistik vizasini oliş uçun ariza topşirişda taqdim etadigan hujjatlar quyidagilarni öz içiga oladi:
- Viza uçun ariza töldirişingiz kerak. Agar ariza beruvçi voyaga yetmagan bölsa, ota-onalar yoki qonuniy vakillar arizani imzolaşlari kerak.
- Meksikaga kirganingizdan keyin kamida 6 oy davomida amal qiladigan pasport yoki boşqa sayohat hujjatingiz bölişi zarur. Şuningdek, pasportingizning tegişli sahifalari fotonusxasi ham talab qilinadi.
- Hisob raqamingizda sönggi 3 oy davomida yaşaş xarajatlarni qoplaş uçun yetarli moliyaviy vositalarni tasdiqlovçi hujjat;
- mehmonxonalar buyurtmasi yoki Meksikada özingiz turgan şaxsning (agar siz döstlaringiz / oilangiz bilan qolsangiz) ismi va manzili kabi turar joyni tasdiqlovçi hujjat;
- agar siz işlasangiz, iş beruvçidan kompaniyadagi mavqeyingiz, yöq bölgan vaqtingizda yöqligingizga e'tiroz bildirmasliklari töğrisida xat;
- talaba bölsangiz, öquv muassasangizdan röyxatdan ötganligingizni tasdiqlovçi va kursingiz haqida batafsil ma'lumot beruvçi xat.
Agar iş uçun sayohat qilsangiz yoki sizni taşkilot taklif qilgan bölsa:
- Töliq ismingiz, kompaniya nomi va röyxatdan ötganingiz, Meksikada qanday faoliyat bilan şuğullanişingiz va yaşaş muddati körsatilgan asl taklifnoma yoki homiylik xati;
- xatni imzolagan şaxs ID nusxasi.

Qisqa muddatli öquv kursi uçun borayotgan bölsangiz (180 kundan kam):
- Ta'lim muassasasidan qabul qiliş xati;
- öqiş va yaşaş xarajatlarini tölaşingiz mumkinligi haqidagi dalil yoki siz yutgan stipendiya dalillari.
Vaqtinçalik yaşaş vizasi – Meksikaga 6 oydan köproq, lekin tört yildan kam muddatga köçib ötişni istagan çet elliklarga beriladigan viza.
Vaqtinçalik yaşaş vizasining quyidagi turlari mavjud:
- Meksika talaba vizasi;
- Meksika iş vizasi;
- Meksika oilaviy vizasi.
Meksika talaba vizasi – bu Meksika ta'lim muassasasida öqişni davom ettirişni istagan çet ellik talabalarga beriladigan vaqtinçalik yaşaş vizasining bir turi. Meksikada 180 kundan köproq öqişni istagan çet elliklar Meksika talabalik vizasini olişlari şart.
Talaba vizasiga qanday talablar mavjud?
- Töldirilgan va imzolangan Meksika vizasi uçun ariza;
- pasportingiz va uning tegişli betlari (birinçi va oxirgi beti, olgan vizalaringiz va ştamplaringiz) nusxalari;
- oxirgi 6 oy içida olingan, pasport uçun tuşiladigan rasm hajmida oq fonli rasm;
- bronlangan parvoz çiptasi (sotib oliş şart emas);
- Meksikadagi elçixonaga yuborilgan ta'lim muassasangizdan qabul xati;
- bank hisobingizdan sönggi 3 oylik hisobot;
- talaba vizasini rasmiylaştiriş uçun tölov.

Meksika talabalar vizasi uçun tölov taxminan $36ni taşkil qiladi, ammo ariza topşirgan mamlakatingizga qarab u özgarişi mumkin.
Meksika talaba vizasi muddati qança?
Meksikalik talaba vizasi özi maksimal 180 kun davomida va bitta kiriş uçun amal qiladi. Agar siz 180 kundan köproq vaqt qolmoqçi bölsangiz, vaqtinçalik yaşaş kartasiga murojaat qilişingiz kerak. Vaqtinçalik yaşaş kartasi dastlab Meksikada bir yil davomida qoliş imkoniyatini beradi. Keyin esa öqiş muddati davomida yangilanişi mumkin. Şuningdek, u sizga mamlakatga bir neça marta kiriş va çiqiş imkoniyatini beradi.
Visitor Student Visa – bu 180 kundan qisqa muddat mobaynida kursda qatnaşadigan talabalar uçun.
Meksika iş vizasi – vizaning bu turi Meksikada pullik iş bilan şuğullanişga imkon beradi. Meksikada işçi vizasini oliş uçun ariza beruvçi dastlab işlaş uçun ruxsatnoma olişi kerak.
Meksikada işlaş uçun ruxsatnomasi bölmagan, rezident ruxsatnoma asosida yaşovçi kişi iş taklifini olganida, vaqtinçalik yoki doimiy ruxsatnomaga ega bölişlariga qarab turli xil tartib-qoidalarga amal qilişlari kerak.
Agar siz doimiy rezident bölsangiz, immigratsiya töğrisida xabar berişingiz, vaqtinçalik rezident bölsangiz ruxsat sörab murojaat qilişingiz kerak.
Sizga Meksikada iş taklif etilsa, işlaş uçun ruxsatnomalar bilan vaqtinça yaşaş huquqini olişingiz mumkin. Şuni yodda tutingki, iş beruvçi sizning nomingizdan ariza yozişi kerak.
Agar Meksikada bölmasangiz pasportingizda vaqtinçalik yaşaş vizasi muhrini oliş uçun Meksika konsulligiga murojaat qilişingiz kerak. Meksikada bölsangiz, uni yaşaş kartasi bilan almaştirişingiz zarur böladi.

Şuningdek, Meksikada vizitor viza asosida bölsangiz (FMM) mamlakatdan çiqib ketişingiz, Meksikadagi çet el konsulligiga borib, vaqtinçalik yaşaş vizasi muhrini olişingiz kerak böladi. Meksikaga qaytib kelganingizdan söng uni yaşaş kartasiga almaştirişingiz zarur.
Meksikada bölsangiz va yaşaş kartangiz bölsa iş beruvçingiz özgarişi töğrisida xabar beriş uçun mahalliy Migratsiya milliy instituti (INN)ga borişingiz şart. Agar sizning kartangizda işlaş imtiyozlari mavjud bölmasa, siz ularga murojaat qilişingiz lozim.
Meksika iş vizasi narxi
Vaqtinçalik yoki doimiy yaşaş kartasida işlaş uçun ruxsat oliş tölovlari hajmi quyidagiça:
Siz vaqtinçalik rezident kartasi bilan murojaat qilsangiz, asosiy tölov 3 207 MXN (150 AQŞ dollari)ni taşkil qiladi. Qöşimça tölovlar olinişi mumkin.
Agar doimiy rezident kartasi bölsa, siz uşbu tölov uçun javobgar emassiz. Biroq siz iş tartibidagi özgarişlar haqida immigratsiya idorasini xabardor qilişingiz şart.

Meksika oilaviy vizasi – vizaning bu turi Meksikada yaşovçi yaqin oila a'zosiga qöşilişni istagan çet elliklarga beriladi. Meksikada 180 kundan köproq vaqt davomida oila a'zolariga qöşilişni istagan har bir kişi Meksika oilaviy vizasini oliş uçun murojaat qiladi. Agar siz faqat 180 kundan qisqa vaqt içida oilangiz a'zosinikiga borişni niyat qilsangiz, buning örniga sizga Meksika turistik / mehmon vizasi kerak.
Meksika doimiy rezidenti vizasi – bu Meksikada doimiy yaşaşni istagan çet el fuqarolariga beriladigan viza turi. Uşbu turdagi viza Meksikada mustaqil daromad bilan yaşaydigan pensionerlar uçun eng keng tarqalgan, şuning uçun uni Meksika pensiya vizasi deb ham ataşadi. Meksikada yaqin oilaviy aloqalari bölgan va Meksikada kamida tört yil vaqtinça yaşovçi sifatida yaşagan çet elliklar ham Meksikada doimiy yaşaş huquqiga ega.
6 oydan köproq muddatga Meksikaga köçib ötmoqçi bölgan har bir kişi, yaşaş muddati va maqsadiga qarab, rezident vizasi va rezident kartasiga ega bölişi kerak. Meksikada doimiy yaşaşni istagan çet elliklar Meksikaning doimiy yaşaş kartasiga ega bölişlari şart.

Meksika doimiy rezident kartasining afzalliklari
Doimiy rezidentlik kartasi egasiga ovoz beriş huquqidan taşqari, haqiqiy Meksika fuqarosiga öxşaş huquqlarni beradi. Şunday qilib, Meksikaning doimiy yaşovçi kartasi bilan:
- Sizga işlaş uçun ruxsatnoma olmasdan işlaşga ruxsat beriladi;
- bepul tibbiy suğurtaga murojaat qilişingiz mumkin;
- faqat bir marta murojaat qilişingiz kerak – çunki u muddatsiz, uni har ikki yilda ikki marta yangilaşga hojat yöq;
- Meksikaga xohlagança kirişingiz va çiqiş imkoniyati böladi.
Meksikada doimiy yaşovçi viza / karta tölovlari
Meksika vizasi uçun tölov taxminan 36 AQŞ dollarini taşkil qiladi, ammo murojaat qilgan davlatingizga qarab u biroz özgarişi mumkin. Kerakli tölov usuli ham özgaradi: ba'zi elçixonalar sizdan naqd pul bilan tölaşingizni söraşi mumkin, boşqalari esa bank ötkazmasini talab qilişadi.
Bundan taşqari, Milliy Immigratsiya Institutida doimiy rezidentlik kartasini oliş uçun ariza topşirganingizda, karta uçun ham tölov tölaşingiz kerak (5000 Meksika pesosi yoki 250 AQŞ dollar atrofida).
Mirjalol Abdurasulov tayyorladi.












