“Özgidromet” ijtimoiy tarmoqlarda ob-havo ma'lumotlarining işonçli ekani borasida tarqalgan savollar yuzasidan rasmiy bayonot berdi.
Qayd etilişiça, 150 yildan beri havo harorati Selyaninov budkasi içiga örnatilgan termometr körsatkiçlari yordamida aniqlanadi.
Bildirilişiça, havo harorati 2 metr yuqoriga örnatilgan taxta qutiça içidagi termometr körsatkiçlari yordamida ölçanadi. Bu qutiça "psixrometrik budka" yoki "meteorologik budka" ham deyiladi. Budka 1,75 metrli qözğalmas, mustahkam temir tayançlar ustiga örnatiladi. Budka içida vertikal körinişdagi termometr (TM-4)lar havo harorati qiymatini körsatsa, gorizontal holatdagi termometr (TM-1 va TM-2) sutka davomida kuzatilgan maksimal va minimal havo harorati qiymatlarini qayd etadi. Ba'zan budka içiga havo nisbiy namligi özgarişini aniqlab boruvçi uskuna ham joylaştiriladi.
“Yoz oylarida havo haroratining inson örtaça tana harorati (+36,6 daraja Tselsiy)dan yuqorilab ketişi kişilarda ob-havo xizmatlari berayotgan yoki prognoz qilayotgan havo harorati qiymatlarida şubhali raqamlar körsatayotgandek işonqiramaslikni yuzaga keltiradi.
Havo harorati - bu aynan 2 metr yuqoridagi atmosferadagi havoning haroratidir. Qandaydir devorga ilingan yoki asfalt, temir darvoza ustidagi termometrdagi körsatkiç emas. Ular körsatgan qiymat havo haroratini bermaydi. Qizib turgan qandaydir jism sirtidagi haroratni körsatadi. Havo harorati tuşunçasi töğrisida boşqa ölçovlar bilan çalğimaslik va yangliş fikrlar yuritmaslik lozim”, deyiladi ma'lumotda.












