«Yoşlikdan har bir insonning öziga yoqqan qiziqarli maşğuloti böladi. Menda şunday hobbim bölgan, yoşlikdan elektronika, robototexnika va kosmonavtikaga qiziqardim. U vaqtlarda aniq bir maqsad uçun emas, şunçaki hobbi deb qarardim. Ulğayganim sari bu qiziqişni maqsadga aylantirdim, ya'ni kosmosni zabt etişni maqsad qildim», deydi yoş ixtiroçi.
Kosmosga stratostat uçiriş loyihamga noreal deb qaraşdi
«Kosmosga stratostat uçiriş uçun IT-dasturçilarga va robototexnikaga qiziquvçi odamlarga hamkorlik haqida gap oçsam, köpçiligi ustimdan kulib, noreal narsa sifatida qaraşdi. Şundan keyin loyihani özim boşlaşga qaror qildim, uni «NazarX» deb nomladim.
Tajribalar kamdan kam holda birinçi urinişdayoq ijobiy amalga oşadi. Edison çöğlanma lampani yaratgunça minglab samarasiz urinişlar qilgan. Menda ham şunday böldi. Muvaffaqiyatli parvozgaça juda köp muvaffaqiyatsizlikka uçradim, öxşamagan parvozlarim uçun ham 2-3 ming dollargaça pul sarf qildim.
Bu apparatni yaratiş jarayonida juda köp narsa öqişga, köplab sohalarga murojaat qilişga töğri keldi. Albatta, fizika qonunlari haqida bilimga ega bölmasdan buni qilolmasdim. Bundan taşqari, matematika, geometriya, kimyodan darslar oldim. Stratostatni uçiriş uçun geliy gazi kerak böladi, bu MDHda faqat Rossiyada bor ekan. Möljalim böyiça 2 million sömlik geliy bilan stratostatni stratosferaga olib çiqaman, deb öylagandim. Biroq çuçvarani xom sanagan ekanim, aslida juda köp geliy ketarkan».

Ketma-ket muvaffaqiyatsiz parvozlar va atrofdagilarning işonçsizligi motivatsiya berdi
«Birinçi parvoz uçun 20 million sömlik geliy işlatdim, şuningdek, tasvirga oladigan kamera va boşqa jihozlar ham arzon emasdi. Umumiy hisobda 2,5 ming dollar xarajat böldi va aerostatni havoga uçirib, bir ozdan keyin signal kelişini kuta boşladim. Bir soat ötdi hamki, heç qanday belgi yöq. Bu, albatta, yomon ta'sir qiladi, çunki bir yil mehnat va sarflangan mablağ bir zumda yöqoldi. Ikkinçi muvaffaqiyatsizlikdan keyin, hatto, bir hafta qölim işga bormadi.
Lekin özimda bu albatta amalga oşadi, degan aniq işonç bor edi. Bundan taşqari, yuqorida aytganimdek, atrofimdagilarning sen buni qilolmaysan, degan ta'nalari sabab ham buni amalga oşirişim kerak, deya qayta-qayta urinaverdim. Odamlarning işonçsizligidan özimga işonç topdim.













