Kompaniya oktabr oyida Kaliforniyada bölajak yoritiş tizimining yerdagi namoyişini ötkazdi. Undan avval AQŞ regulyatori birinçi tajriba sunʼiy yöldoşi - EARENDIL-1 faoliyatiga ruxsat bergan edi.
10-oktabrda Uitni toği yaqinidagi Loun-Payn atrofida ötkazilgan sinovda kuçli projektorlar işlatilgan. Ular orbital apparatlar hosil qilişi kutilgan yoruğlik doğini taqlid qilgan. Namoyişda qidiruv-qutqaruv xizmatlari köngillilari qatnaşgan.
Bu sinovda kosmosdagi közgudan foydalanilmagan: yoruğlikni yerda örnatilgan uskunalar bergan.
Reflect Orbital loyihasi Quyoş nurini orbitadan Yerning belgilangan nuqtalariga aks ettirişga asoslangan. Kompaniya bunday yoritişni energetika va qöşimça yoruğlik talab qiladigan boşqa vazifalarda qöllaşni közlamoqda.
Birinçi tajriba apparati 18 × 18 metr ölçamdagi közguni yoyişi kerak. AQŞ Federal aloqa komissiyasi - FCC 9-iyul kuni uşbu namoyiş sunʼiy yöldoşini joylaştiriş va söralgan radioçastotalardan foydalangan holda işlatişga ruxsat bergan. Bu qaror butun kelajakdagi sunʼiy yöldoşlar guruhi maʼqullanganini anglatmaydi.

Amerika astronomiya jamiyati esa mart oyidayoq arizani rad etişni söragan. 8500 dan ortiq professional va havaskor astronom manfaatlarini ifodalovçi taşkilot yerdagi astronomik kuzatuvlarga xalaqit va boşqa ehtimoliy oqibatlardan xavotir bildirgan.
Sentabrda Astrophysical Journal Letters jurnalida eʼlon qilingan tadqiqotda Miroslav Kotsifay, Gaşpar Bakoş va Frantişek Kundraçik nurning atmosferada qanday tarqalişini hisoblagan. Modelda havo molekulalari, aerozollar va yoritilgan yer yuzasidan qayta aks etadigan nur ham inobatga olingan.
Ssenariylardan birida 54 × 54 metrlik közgu örganilgan. Hisob-kitoblarga köra, nur yönaltirilgan hudud içidagi kuzatuvçi uçun u tölin Oydan ança yorqin körinişi mumkin.
Tarqalgan yoruğlik taxminan 30 kilometrgaça bölgan masofada tungi osmonga sezilarli taʼsir körsatişi mumkin. Hatto 14 kilometr uzoqlikda ham bitta şunday közgu hosil qilgan yoruğlik osmonning katta qismida tölin Oy paytidagi osmon yoruğligidan oşib ketişi ehtimoli bor.








