AQŞ Mudofaa vazirligining Razvedka boşqarmasi - DIA «Kosmosdagi xavfsizlik muammolari» (Challenges to Security in Space) nomli hisobotida Xitoy va Rossiyaning kosmik sohadagi harbiy imkoniyatlariga doir baholarini eʼlon qildi.
Hujjatda taʼkidlanişiça, Xitoy allaqaçon Yerda joylaşgan bir neçta lazer majmuasiga ega. Amerika razvedkasining bahosiga köra, ular Yerga yaqin past orbitadagi sunʼiy yöldoşlar işiga xalaqit berişi, ularning samaradorligini pasaytirişi yoki ularni şikastlaşi mumkin.
Hisobotda Pekin 2020-yillar oxirigaça yönaltirilgan energiya tizimlarini kosmosda ham joylaştirişi mumkinligi taxmin qilingan. Şuningdek, Xitoy orbitadagi sunʼiy yöldoşlarga tahdid sola oladigan yanada kuçli yer usti majmualarini yaratişi mumkinligi aytilgan.
Yönaltirilgan energiya qurollari nişonga taʼsir körsatiş va uni şikastlaş uçun jamlangan elektromagnit nurlanişdan, jumladan, lazer nurlari va yuqori quvvatli mikrotölqinlardan foydalanadi. Bunday tizimlar sunʼiy yöldoş elektronikasi işini buzişi yoki optik datçiklarni işdan çiqarişi mumkin.
AQŞ razvedkasi Rossiyaning sunʼiy yöldoşlarga qarşi kinetik qurollar sohasidagi ehtimoliy işlanmalariga ham eʼtibor qaratgan. Hisobotda tilga olingan tizimlar orasida «Burevestnik» ham bor.
Hujjatda u maxsus özgartirilgan MiG-31 samolyotidan uçiriladigan, orbitadagi nişonlarni uriş uçun işlab çiqilayotgan sunʼiy yöldoşga qarşi vosita sifatida tavsiflangan.
Bundan taşqari, hisobotda Vaşingtonning Moskva yadro qurolini joylaştirişga möljallangan sunʼiy yöldoş işlab çiqayotgani haqidagi bahosi takrorlangan. Amerika razvedkasi «Kosmos-2553» sunʼiy yöldoşini uşbu ehtimoliy dastur bilan boğlaydi.
Rossiya esa «Kosmos-2553» radiatsiya taʼsiri şaroitida elektron tizimlarni sinovdan ötkaziş uçun möljallanganini bildirgan.
Bu bayonotlar AQŞning özi ham kosmosdagi harbiy imkoniyatlari haqida oçiqroq gapira boşlagan bir paytda yangramoqda. AQŞ harbiy-havo kuçlari vaziri Troy Mink mamlakat allaqaçon orbitaga joylaştirilgan kosmik makonni nazorat qiliş vositalariga ega ekanini maʼlum qilgan.
Uning sözlariga köra, uşbu vositalar Amerika qurolli kuçlarini duşmanona harakatlardan himoya qilişga qodir. Biroq harbiylar ularning aniq imkoniyatlari, neçta vosita joylaştirilgani va ular qaçon orbitaga çiqarilganini oçiqlamagan.

















