Tojikistonda 18 yoşdan katta aholi koronavirusga qarşi majburiy emlanişi e'lon qilindi. Bu haqda respublika epidemiyaga qarşi ştabi xabar berdi.

Xabarda aytilişiça, emlaş bepul amalga oşiriladi. Emlanmagan fuqarolar oilaviy şifokor yoki mahalliy tibbiyot muassasasiga murojaat qilişi mumkin.

Tojikistonga xorijiy mamlakatlardan kelganlar koronavirusga test topşirişi va 10 kun davomida izolyatsiyada bölişi lozim.

Tojikistonda 18 yoşdan kattalarni koronavirusga qarşi emlaş kampaniyasi 25 iyunda boşlandi. Mamlakatda AstraZeneca va «CoronaVac» vaksinalaridan foydalanilmoqda.