Qiziq holat. Tuman hokimligi bir tadbirkordan bir oy içida baliqçilik xöjaligi taşkil qilmagani uçun yerni qaytarib oldi, biroq boşqa tadbirkor 10 oydan beri baliqçilik taşkil qilmasa ham işi yöq...
Farhodbek Anvarjonov rahbarligidagi “Saidzod” jamiyatiga baliqçilik bilan şuğullaniş uçun Andijon tumani hokimining 2020 yil 14 avgustda 572 -qarori bilan 1,2 gektar yer ajratiladi.


49 yillik ijara huquqi bölgan qarorni qöliga olgan tadbirkorning Qoradaryo böyidan ajratilgan yerda “intensiv usulda baliqçilik qilaman”, degan aniq rejalari bor edi. Biroq uning rejalari xomxayol ekan. U qonuniy yerida iş boşlab, köl qazdiriş uçun kelganida yerning “yangi qonuniy” egalari borligi ma'lum böldi.
“2020 yili avgust oyida Andijon tumanining öşa paytdagi hokimi Uluğbek Isomiddinov menga baliqçilik faoliyati bilan şuğullanişim uçun yer ajratib berdi. Qarorni olib, özimga ajratilgan maydonga köl kavlatiş maqsadida ekskavator bilan bordim. Biroq öşa payt menga berilgan maydonga şu yerlik dehqonlar şoli ekib parvarişlayotgan ekan. Tuman hokimi: “Dehqon şolisini yiğiştirib olsin. Siz erta bahordan işingizni boşlasangiz yaxşi böladi”, – dedi. Haqiqatan şolikorlarning yetilib qolay degan hosiliga açinib rozi böldim.


Men erta bahorda iş boşlay deb kelsam yerimning “yangi” egalari çiqib qolibdi. 1,2 gektar yerimni Andijon tuman hokimining qarorlari bilan ikkita tadbirkorga bölib berib yuborişgan ekan.
Tuman hokimligiga borib, “nega bunday böldi?” desam: “Siz iş boşlamaganingiz uçun boşqa tadbirkorlarga berib yubordik”, deyişdi. Qarangki, menga 14 avgustda yer berilgan bölsa, hokimiyatdagilar oradan bir oy ötib, 24 sentabr kuni meni xabardor qilmay qarorni bekor qilib, yerni tuman zaxirasiga olib, yangi qaror bilan boşqa tadbirkorlarga berib yuborişgan.

Suriştirsam, ayni paytda mana şu joyga şoli ekkan dehqonlar Andijon tumani hokimligi taşkiliy nazorat guruhi rahbari Şoyadbek Qambarov va hokimlik devonxonasi mudiri Omadjon Ğofforovlarga ijara tölab ekayotganini aytişdi.
Hayronman, tuman hokimligida işlaydiganlar qaror ustiga qaror çiqarib qonunni buzaveradimi?” – deydi Farhodbek Anvarjonov.
Farhodbek Anvarjonovning aytişiça, yer berilayotgan paytda hokimlik taşkiliy nazorat guruhi rahbari unga: “Intensiv baliqçilik taşkil eta olmagan taqdirimda, yerimni tuman zaxirasiga qaytib olinişiga roziman” mazmunidagi, sanasi körsatilmagan ariza yozdirib olgan.

Tadbirkor tuman hokimligi çiqargan qarorlardan norozi bölib, Andijon viloyat prokuraturasiga murojaat qiladi.
Prokuratura 16 iyun kuni fuqaroga örganişlar natijasi haqida javob jönatgan. Unda Andijon tuman hokimligining 2020 yil 24 sentyabrdagi 664-, 666- va 668-sonli qarorlari qonuniyligi örganilganida, Yer kodeksi va boşqa qonun hujjatlari talablari buzilgani qayd etilgan bölib, qonun buzilişiga imkoniyat yaratilayotganini bartaraf etiş böyiça tuman hokimligiga taqdimnoma kiritilgani aytilgan.

Prokuratura fuqaroga nizoli holat böyiça ma'muriy sudga murojaat qiliş tavsiyasini bergan.
Andijon tumani hokimligida
Tuman hokimligida bölib holatga oydinlik kiritişga harakat qildik.

Hokimlikning devonxona mudiri Omadbek Ğafforov bizga mazkur iş böyiça bir qator hujjatlarni taqdim etdi.
2020 yil 22 sentyabr kuni tuman hokimligi huzuridagi yer uçastkalarini beriş, realizatsiya qiliş masalalarini körib çiqiş komissiyasi tomonidan tuzilgan dalolatnomada “Saidzod” jamiyati rahbari Farhodbek Anvarjonov tuman hokimligiga öziga ajratilgan 1,2 gektar maydonni tuman zaxirasiga qaytarişni sörab, amaliy yordam söragani aytiladi. Komissiya şundan söng mazkur yer maydonini tuman zaxirasiga qaytarilişini lozim deb topib, dalolatnoma tasdiğini tuman hokimiga havola qiladi.


24 sentabr kuni Andijon tuman sobiq hokimi Uluğbek Isomiddinov “Saidzod” jamiyati bilan yordamçi xöjalikka ajratilgan 1,2 gektar yer maydoni uçun tuzilgan uzoq muddatli ijaraga oliş şartnomasini bekor qiliş haqida 664-sonli qarorini çiqaradi va mazkur qaror tuman kengaşi deputatlarining navbatdagi sessiyasi tasdiğiga kiritilişini keltiradi.

Şu kunning özida tuman hokimining öşa 1,2 gektar maydonni 60 sotixdan ikkiga bölib, tadbirkorlar Iskandar Turdiyev va Abdulhafiz Abdumannopovlarga 49 yilga ijaraga berilişi töğrisida 666- va 668-sonli qarorlari çiqqan va sessiya tasdiğiga kiritilişi belgilangan.


Tuman taşkiliy nazorat guruhi rahbari Şoyatbek Qambarov bizga mazkur qarorlar tasdiği oradan bir oy ötib, 2020 yil 24 oktyabrda xalq deputatlari tuman sessiyasi kun tartibiga qöyilgani haqida hujjatlar taqdim qildi. Hujjatlarda yuqoridagi qarorlar tasdiği sessiya kun tartibiga kiritilgani aks etgan bölib, biroq majlis bayonida mazkur qarorlar deputatlar tasdiği uçun ovozga qöyilmagan bölib çiqdi.

Taşkiliy nazorat guruhi rahbari Şoyatbek Qambarov tadbirkorning qarori bekor qilinişi böyiça quyidagiça izoh berdi:
“Haqiqatda fuqaro Farhodbek Anvarjonovga tuman hokimining 572-sonli qarori bilan yer berilgan. U intensiv usulda baliqçilik taşkil etolmagani uçun sentabr oyida ariza yozgan. Söng 664-qaror bilan yer maydoni tuman zaxirasiga qaytarib olindi. Ayni paytda öşa yer boşqa fuqaroga qaror asosida berilgan.

Farhodbek Anvarjonov yer maydoni berilgaç, köl taşkil qilişi, yerning topos'yomkalarini olişi va kredit uçun hujjat qilişi kerak edi. Mana şu işlarni amalga oşirmadi. Şuning uçun öz arizasiga köra yerni qaytarib olganmiz”, – deydi Ş. Qambarov.
Mutasaddi bizning: “Tadbirkorga talab qilingan işlarni boşlaş uçun qança muhlat berilgan edi?” degan savolimizga: “Ma'lum muhlat belgilab berilmagan”, deya javob berdi.
Ş. Qambarovga: “Ayni paytda öşa joy boşqa fuqaroga qaror asosida berilgan. Bunga ham 9 oy bölibdi ayni paytda öşa yerda intensiv baliq boqiş taşkil qilinganmi?”, deya ikkinçi savolni berdik. Mutasaddidan: “Bundan xabarim yöq”, degan javobni oldik.
Xulosa örnida
Tuman hokimligi mutasaddisi bergan izohida tadbirkor Farhodbek Anvarjonov bir oy içida intensiv baliqçilik taşkil eta olmagani uçun yer maydoni qaytarib olinganini aytdi. Biz öşa muammoli yer maydoniga borganimizda 10 oy oldin Iskandar Turdiyev va Abdulhafiz Abdumannopovlarga qayta qaror bilan berilgan yerda şoli köçatlari ekilgani, haligaça baliqçilik faoliyati taşkil etilmaganini kördik.



Qiziq holat. Tuman hokimligi bir tadbirkordan bir oy içida baliqçilik xöjaligi taşkil qilmagani uçun yerni qaytarib oldi, biroq boşqa tadbirkor 10 oydan beri baliqçilik taşkil qilmasa ham işi yöq...
Tuman hokimligining ketma-ket, qonun hujjatlari talablarini buzgan holda qarorlar çiqarişi ortida qanday manfaat yotgani bizga qoronği.
Tadbirkor umid bilan tuman va viloyatning bir qator huquqni muhofaza qiluvçi taşkilotlariga murojaat qilib, ijobiy yakun kutmoqda.
Elmurod Ermatov,
Jahongir Mahmudov











