Navoiy viloyati, Xatirçi tumani Tamabahrin mahallasini “Abituriyentlar mahallasi” deb ham ataşadi. Bu yerga har yili tuman, viloyatning turli hududlaridan, hatto boşqa viloyatlardan OTMga kiriş istagida bölgan abituriyentlar oqib keladi. Ular öquv yili boşlanişidan oldin özlari tanlagan fanlar böyiça repetitorlarning sinovlaridan ötib, darslarga qatnay boşlaydi.

Qisqaça ta'riflasa, Buxoroning Qorakölidagi tayyorlov markaziga öxşab ketadi. Faqat bir farqi Qoraköl hozir alohida maktab sifatida e'tirof etiladi, Tamabahrindagi tayyorlov markazi esa hozirça bu ta'rifdan bebahra.

Öqituvçilarning aytişiça, mahalliy abituriyentlarni hisoblamaganda mahallada yiliga 3-4 ming atrofida abituriyent yaşaydi va bu son doimiy oşib boryapti. Şunça abituriyentning bir mahallada yaşaşi hududda ularni ijaraga qöyadigan oilalarning ham, dökonlar va ovqatlaniş şoxobçalarining ham daromadi oşişiga sabab bölyapti.

Repetitorlar esa abituriyentlar nazoratini mahalla idorasi va uçastka nozirlari bilan hamkorlikda olib boradi.

Abituriyentlar aholi xonadonlariga joylaştirilib, repetitorlar va ota-onalar hamkorligida nazorat qilib boriladi. Öğil bolalar uçun xonadon bekasi ovqat pişirib beradi (bu bilan narx sal qimmatlaşadi).

Öquvçilar qanday saralanadi?

“Yangi abituriyentlarga avgust oyida, dastlab, biror mavzu berib yuboriladi. Tayyorgarlik körib kelişgaç öşa mavzu böyiça test bilan va oğzaki tarzda imtihon qilinadi. Abituriyentlar şu usulda saralangaç, ular sentyabrdan darsga kela boşlaydi. Natijalarni ota-onalarga doimiy yuborib turamiz.

Abituriyentlar guruhlarga ham bilimiga qarab joylaştiriladi”, deydi hududda tarix fanidan repetitorlik qilayotgan öqituvçi Bahodir Xalilov.

Matematika fani öqituvçisi Yusuf Izomiddinovning aytişiça, matematikani öqiş uçun kelgan abituriyentlar birinçi navbatda boşlanğiç mavzularni örganadi, bir oydan söng ular imtihon qilinib, bilimiga qarab kursda olib qolinadi.

Kimyo fani öqituvçisi Farrux Nurullayev fanni özlaştiriş uçun kelgan abituriyentlar sinovdan öta olmasa, boşqa fanlarga yönaltirilişini aytib ötdi. Şunday qilib hududda turli fanlardan darslar boşlanib ketadi.

Fan kunlari va reyting tizimi

Hududda dars ötadigan 40dan ortiq öqituvçi birga işlagani uçun hafta kunlari ham darslarga mos qilib bölib olingan.

“Masalan, çorşanba – tarix yoki matematika kuni, şanba – ona tili, ingliz tili kuni hisoblanadi. Bu abituriyentlarning qulay dars qilişiga yordam beradi”, deydi ona tili fani öqituvçisi Anvar Baxranov.

Tamabahrin repetitorlari abituriyentlar uçun reyting tizimini ham joriy qilgan. Bunda abituriyentlar oy davomida körsatgan natijalariga qarab arzon, örtaça va qimmat oylik tölov qilişadi. Bu kabi moddiy stimul evaziga ularda öqişga bölgan iştiyoqni oşirişga xizmat qilişi maqsad qilingan.

Darslar asosan, öqituvçilarning uylarida ötiladi. Bunga sabab bir vaqtlar hududdagi maktabda boşlangan repetitorlik faoliyati maktabda davom ettirilişiga qarşilik bölgan. Dars ötiş uçun uylariga köçgan öqituvçilar şu-şu uyda dars ötiş an'anasini saqlab qolgan.

Hammasi qanday boşlangan?

Bu mahallada kurs faoliyatining boşlanişi bundan 25 yil oldinga – 1996 yilga borib taqaladi. Dastlab, hududdagi 22- va 44-umumta'lim maktablarining öşa paytdagi direktorlari Sa'dulla Beknazarov va Toşmamat Egamberdiyev taşabbus körsatgan.

Buning sababi öşa paytlarda yaqin atrofdagi maktablarning faqat 1-2 nafar bitiruvçisi OTMga kira olişi va yoşlarda talaba böliş imkoni öta pastligi bilan boğliq bölgan.

“Birinçi navbatda, dars öta oladigan öqituvçilarni saralab olişimiz kerak edi. Hamma fan uçun 30 nafardan öqituvçini yiğganmiz va sinov asosida ularni bir-ikki nafardan tanlab olganmiz. Sinovdan öta olmagan öqituvçilar bizga yomon köz bilan qaraşgan”, deydi Xatirçi tumani 22-maktab sobiq direktori, kurs asosçilaridan biri Sa'dulla Beknazarov.

Uning aytişiça, birinçi yilda qabul qilingan 27 nafar abituriyentning 90 foizdan oşiği talaba bölgan. Öşa payt uçun, hatto hozir ham bu – katta natija.

“Natijamiz birdaniga şov-şuv bölgandi. Öşa yili DTM direktori bölgan Muhsin Muhiddinov degan kişi viloyatga kelib biz bilan uçraşib tabriklagan. Mustaqillikning 5 yillik bayramini birinçi prezident Islom Karimov bilan birga nişonlaş nasib qilgan”, deb xotirlaydi Sa'dulla Beknazarov.

Lekin xususiy ta'limning qabul qilinişi osonlik bilan bölmagan.

“Avvaliga ota-onalar repetitorlikni tuşunişi oson bölmagan. Özi arzimagan pul olinardi tölov uçun, biroq “nega pul berişimiz kerak”, deb ham köp e'tirozlar bildirişgan.

Direktorlar yiğilişlarida ustimizdan kulib, “bular bolalarni öqişga kiritadi”, deb kinoya bilan gapirişgan. Lekin keyingi yil natija yaxşi bölgaç özlari bolalarini olib kelişdi. Yildan yilga odam köpayib boryapti, sababi hozir dars ötayotgan şogirdlarimiz ham tinimsiz öz ustida işlayapti”, deydi Xatirçi tumanidagi 44-maktabning sobiq direktori, mahalladagi kurs asosçilaridan biri Toşmamat Egamberdiyev.

Aholi abituriyentlar orqali daromad qilyapti

“Dastlabki yillar hududdagi bolalar öqişga kelgan bolalarni uşlab olib kaltaklagan paytlar ham bölgan. Biz ularni topib jazolaşga harakat qilganmiz. Bir marta öqituvçining öğli abituriyent bolalarni urgan. Öşanda öqituvçi odam “tupurdim kursingga” deb bizni haqoratlagan. 4 yildan söng öşa öqituvçining özi “bolalarimni öqitib bering” deb yalinib keldi. Öqitdik, hozir katta odamlar bölib ketişgan bolalari.

Boşida boşqa hududlardan kelgan abituriyentlarni aholi uyiga ijaraga qöyişni ham xohlamagan. Ular begona bölgani uçun, mahalliy aholi uylariga joylaştirişga qörqişgan. Şuning uçun bolalarni öz uylarimizga joylaştirişga majbur bölganmiz. Keyin-keyin odamlar ularni qabul qilişga örgandi. Kurs öqiyotgan bolalarning odob-axloqiga havas qilib, ularni uyiga joylaştira boşlaşgan. Şu-şu ijara tizimi şakllandi. Ayrim oilalar faqat ijara sabab 2 mln sömgaça daromad qilyapti.

Hozir kursçilarga hamma hurmat qilan qaraydi. Taksiçilar, dökonlar, somsaxona ulardan pul olyapti. Bolalar ijaraga pul tölaşyapti, soliqlar tölanyapti, ha, hammasi bölyapti. Abituriyent bolalar orqasidan mahallaga million-million pullar oqib kelyapti”, deydi Sa'dulla Beknazarov.

U Tamabahrin mahallasi repetitorlik tizimi yölga qöyilgani sabab obod bölayotgani, odamlarning ham turmuşi yaxşilanayotgani haqida gapirib ötdi.

Çindan ham, reportaj davomida mahallaning içki yöllari ham asfalt qilinganiga, yaqin atrofdagi boşqa mahallalar bilan soliştirganda farqli ravişda obodligiga biz ham guvoh böldik.

Hozir ikkinçi avlod dars ötyapti...

“Biz hududda repetitorlik bilan şuğullanayotgan ikkinçi avlodmiz. Hozir ustozlarimizning yölini davom ettirib dars ötib kelyapmiz”, deydi Anvar Baxranov.

Öqituvçilarning aytişiça, hozir kiriş imtihonlariga yaqin qolgani uçun sinov imtihonlari köproq olinyapti. Öquvçilarning töplagan ballariga qarab qayerga hujjat topşirişi böyiça tavsiyalar beriladi.

Qilgan işlarimizdan faxrlanamiz...

Tamabahrinda yillar davomida tayyorlangan abituriyentlar bugun turli sohalarda mehnat qilyapti, nufuzli OTMlarda tahsil olyapti.

“25 yil davomida tayyorlagan öquvçilarimiz orasidan 10ga yaqin falsafa fanlari doktori yetişib çiqqan, ular turli sohalarda mehnat qilyapti. Bu işlarimiz bilan faxrlanamiz”, deydi ustozlar.

Muhtojlarni bepul öqitiş kerak – ustoz maslahati

Repetitorlik tamal toşini qöygan ustoz Sa'dulla Beknazarovning tavsiya qilişiça, repetitorlar yil davomida öquvçilarni saralab borişi lozim. Yaxşi natija körsata olmaganlar röyxatdan çiqarib borilişi, sinov adolatli bölişi lozim.

“Biz har doim öquvçilarni saralab borganmiz. Sinovda yaxşi natija körsata olmaganlar öyindan çiqib borgan. Hozirgi öqituvçilar ham har qança bolani öqitavermasligi kerak.

Bundan taşqari, moddiy jihatdan imkoni yöq abituriyentlarni bepul öqitardik. Hozir ham hududda bu an'ana saqlangan, adaşmasam. Bunga ham e'tiborli böliş kerak”, deya tavsiyalar berdi Sa'dulla Beknazarov va Toşmamat Egamberdiyev muallim.

Xullas, öziga xos bu mahalla haqidagi materialni öqişdan köra u haqda tayyorlagan reportajimizni videodan körişni tavsiya qilamiz.

Zilola Ğaybullayeva, Kun.uz muxbiri

Tasvirçi va montaj ustasi – Nuriddin Nursaidov.