Namangan viloyatining Pop tumanida «Pop sement» MÇJ tomonidan yangi sement zavodi işga tuşirilişi kutilmoqda. Bu haqda «Özqurilişmateriallari»  uyuşmasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xabarlarga köra, Namanganning Pop tumanida yiliga 300 ming tonna sement işlab çiqarişga ixtisoslaşgan zavod barpo etildi. Loyihaning umumiy qiymati 27,8 mln dollarni taşkil etib, uni quriş işlariga 21 mln dollarlik xorijiy investitsiyalar jalb qilingan.

«Loyihani amalga oşiriş uçun quriliş işlari 2018 yilning mart oyida boşlangan, hozirgi kunga qadar sement zavodining barça uskunalari töliq olib kelinib, örnatilgan. Zavodda sönggi montaj işlari olib borilmoqda. Texnologik uskunalar Xitoy davlatidagi hamkori «Nanjing s-hope cement engineering group» tomonidan ta'minlangan. Ayni kunga qadar 21 mln AQŞ dollari miqdorida xorijiy investitsiyalar özlaştirilgan. Jamiyat özining xomaşyo bazasi, ya'ni konlariga ega. Yangi quvvatni işga tuşiriş bilan 300 nafar poplik yoşlar iş bilan ta'minlanadi. Hozirda uskunalarni işlab çiqarişga tayyorlaş, sinov jarayonlari amalga oşirilmoqda. Tez kunda Namangan viloyatida yangi sement zavodi foydalanişga topşiriladi»,- deyiladi rasmiy xabarda.

Avvalroq, «Özqurilişmateriallari» uyuşmasi 2021 yilda 11ta sement zavodi işga tuşirilişi haqida xabar bergandi. Joriy yilda sement işlab çiqariş 16,4 mln tonnaga yetişi prognoz qilingan edi.

2021 yilning dastlabki tört oyida esa 1 million tonna sement import qilingan. Özbekistonda yilning birinçi çoragida 2,2 million tonna sement işlab çiqarildi.