Kim qanday yetib keldi?
Luis Enrike murabbiyligidagi Ispaniya milliy jamoasi «E» guruhida Şvetsiya (0:0), Polşa (1:1) va Slovakiya (5:0) bilan öyinlarda 5 oçko töplab, guruhdan 2-örinni olgan holda pley-offga yöllanma oldi.
Qöşimça bölimlar bilan keçgan nimçorakfinalda Xorvatiya ustidan 5:3 hisobida zafar quçilgan bölsa, çorakfinalda turnir kaşfiyoti Şveytsariya ispanlar tomonidan penaltilar seriyasida mağlub etildi (1:1, 3:1). Yarimfinalda esa «qizil furiya»ni Italiya kutib turibdi.

Roberto Mançini boşqaruvidagi Italiya esa guruh bosqiçidayoq turnir favoriti ekanligini namoyiş etdi – Turkiya (3:0) va Şveytsariya (3:0) yirik, Uels esa minimal hisobda (1:0) mağlub etilib, 9 oçko bilan keyingi bosqiçga çiqildi.
1/8 final bosqiçida Avstriya qöşimça bölimlarda taslim etildi (2:1), çorakfinalda musobaqada çempionlikka da'vogar bölgan Belgiya töxtatildi (2:1).

«Skuadra Adzurra»ning rekordiga barham beriladimi?
Futbolda tiki-taka uslubi özining avjiga çiqqan yillarda Ispaniya Yevro-2012 finalida Italiyani yirik – 4:0 hisobida mağlub etib, qit'ada tengsiz ekanligini körsatgandi. Öşandan söng «moviy gvardiya» Fransiyada ötgan 2016 yilgi Yevropa çempionati 1/8 finalida «qizil furiya»dan revanş olgan – 2:0.
«Uembli»dagi yarimfinal töqnaşuvidan oldin Italiya milliy jamoasining ğalabali seriyasi 13tani taşkil etmoqda, mağlubiyatsiz seriya esa 32 öyinga yetgan. Pireney yarimoroli vakillari final yöllanmasiga ega çiqiş uçun Apennin yarimoroli vakillarining rekordga aylangan mağlubiyatsiz seriyasiga barham berişiga töğri keladi.
Raqam va faktlar:
- Ispaniya va Italiya hozirgaça jami 37 marta özaro röbaro‘ kelgan. Kuçlar teng ekanligi köringan – 11tadan ğalaba va 15 öyinda murosa köçasi tanlangan.
- Ispaniya va Italiya ketma-ket törtinçi marta Yevropa çempionatida özaro töqnaş kelişmoqda. Ular bungaça Yevro-2008, Yevro-2012 va Yevro-2016da ham özaro uçraşgan.













