Ma'lum qilinişiça, bugun, 8 iyul kuni ertalab soat 07:00larda, A373 Toşkent-Andijon-Öş xalqaro avtomobil yölining 242-kilometrida yuk maşinasi yöl-transport hodisasi sodir etib, söng yonib ketgan. Paxta tolasi ortilgan yuk maşinasi Qamçiq dovonida harakatlanayotganda haydovçi boşqaruvni yöqotgan. Oqibatda maşina qarama-qarşi yönalişga çiqib ağdarilgan. Söng yonib ketgan.

Qayd etilişiça, maşina haydovçisi salondan öz vaqtida çiqib ketişga muvaffaq bölgan va şu sababli jiddiy jarohat olmagan. FVVning «Qamçiq» maxsus qidiruv, yonğin-qutqaruv boşqarmasi xodimlari zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, bir neça daqiqada yonğinni bartaraf etgan. Qutqaruvçilarning tezkor harakatlari natijasida maşinaga ortilgan paxta tolasining katta qismi yonğindan saqlanib qolingan. Hodisada heç kim jabrlanmagan.

Qamçiq dovonida «Neksiya» maşinasi yonib ketdi

Qamçiq dovonida «benzovoz» yonib ketişi oqibatida ikki kişi halok böldi