Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qamchiq dovonida «benzovoz» yonib ketishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi
«Qamchiq» dovonida yoqilg‘i tashuvchi yuk mashinasi haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida yong‘in kelib chiqdi. Natijada mashina salonida bo‘lgan ikki kishi halok bo‘ldi.
Toshkent–O‘sh xalqaro avtomobil yo‘li Qamchiq dovonining 260-kilometrida 1 iyul kuni soat 14:25da Farg‘ona vodiysi tomon harakatlanayotgan yoqilg‘i tashuvchi yuk mashinasida («benzovoz») yong‘in kelib chiqdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuk mashina haydovchisining boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida sodir bo‘lgan.
Vaziyat yuzaga kelgan joyga FVVning «Qamchiq» maxsus qidiruv yong‘in-qutqaruv boshqarmasi yetib borgan. Qutqaruvchilar yonib ketgan yuk mashinasini o‘chirgan.
Hodisa natijasida yoqilg‘i quyish mashinasining salonida bo‘lgan ikki kishi halok bo‘lgan.
Mavzuga oid
09:23 / 24.03.2026
Qamchiqda ikki kun ichida ikkita yo‘l hodisasi kuzatildi
23:25 / 22.03.2026
Bo‘stonliq tumanida “Nexia-2”da yong‘in sodir bo‘ldi
11:05 / 17.03.2026
Mirzo Ulug‘bek tumanida ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi
20:16 / 16.03.2026