Samarqandda maşina ustasini qörqitib pul talab qilgan taksi haydovçisi uşlangan. Aniqlanişiça, u bundan avval ham boşqa ustalarni qörqitib pul olib yurgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, Samarqand şahrida joylaşgan avtomobillarni ta'mirlaş korxonasi rahbari O‘.D. viloyat IIB boşliği nomiga ariza bilan murojaat qilgan. Unda yozilişiça, O‘.D. Oqdaryo tumanida yaşovçi, yoşi 25-30 yoşlarda bölgan «Farrux» ismli şaxsning taksi maşinasini ta'mirlab bermagan. Şundan söng «Farrux» boşqa joyda maşinasini qimmat narxda ta'mirlatganini vaj qilib, ustaxona ustidan arizalar yozgan. O‘.D.ni tinç qöymaslik bilan muntazam ravişda qörqitgan va tovlamaçilik bilan 3 million söm pul talab qilib kelgan. O‘.D. öz murojaatida viloyat IIB boşliğidan uşbu şaxsni aniqlab, unga nisbatan qonuniy çora körişni söragan.

Qayd etilişiça, holat yuzasidan viloyat IIB JQB Uyuşgan jinoyatçilikka qarşi kuraşiş bölimi hamda Samarqand şahri böyiça IIO FMB JQB xodimlari tomonidan tezkor tadbir ötkazilgan. Tadbirda, 1992 yilda tuğilgan, Samarqand şahar Maxtumquli köçasida yaşovçi F.S. ariza muallifi O‘.D.dan tinç qöyiş evaziga 2 million sömni olayotgan vaqtda uşlangan. Undan aşyoviy dalillar tegişli tartibda hujjatlaştirib olingan.
Suriştiruvlar davomida uşbu şaxs bu kabi holatlarni boşqa fuqarolarga nisbatan ham sodir qilgani aniqlangan.
Ta'kidlanişiça, holat yuzasidan Samarqand şahri böyiça IIO FMB huzuridagi tergov bölimi tomonidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, F.S. protsessual tartibda qamoqqa olingan.
Samarqandda 16 yoşli qiz 40 yoşli erkakni 1500 dollarga çuv tuşirmoqçi böldi












