Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda tanishining SMSlarni tarqatib yubormaslik evaziga pul talab qilgan ayolga jinoiy ish qo‘zg‘atildi
Samarqand viloyati Past Darg‘om tumanida yashovchi ayol shu tumanda yashovchi shaxsga unga tegishli SMS yozishmalarni xotiniga ko‘rsatmaslik evaziga yirik miqdorda pul talab qilgan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 15 aprel kuni Past Darg‘om tumanida yashovchi Xayrullo tuman IIBga ariza bilan murojaat qilgan. Unda, Umida ismli tanishi, Bahora ismli boshqa bir ayol bilan yozishgan SMSlarini qo‘lga kiritib, ushbu yozuvlarni turmush o‘rtog‘iga berishini aytib qo‘rqitayotganini ma'lum qilgan.
Qayd etilishicha, Bahora Xayrulloning yozishmalarini tarqatib yubormaslik evaziga undan 14 million so‘m pul talab qilgan. Xayrullo o‘z murojaatida Umidaga nisbatan qonuniy chora ko‘rishlarini so‘ragan.
Ta'kidlanishicha, 2021 yil 15 aprel kuni Past Darg‘om tumani IIB JQB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-tadbir davomida, Umida Xayrullodan kelishilgan puldan 1000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Holat yuzasidan Pastdarg‘om tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan jinoyat kodeksining 165-moddasi (Tovlamachilik) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
17:23 / 17.01.2026
Farg‘onada 3-, Samarqandda esa 4-sinf o‘quvchisi B2 sertifikatini qo‘lga kiritdi
19:53 / 16.01.2026
Taftish.uz saytining 5 xodimi qo‘lga olindi. Ular tovlamachilik va firibgarlik jinoyatlarida ayblanmoqda
21:43 / 12.01.2026
Samarqand shahri kengaytiriladi va Samarqand tumani tugatiladi
11:57 / 09.01.2026