9 iyul kuni Oliy Majlis Senatining Axborot siyosati va davlat organlarida oçiqlikni ta'minlaş masalalari qömitasining birinçi majlisi ötkazildi. Unda Senat a'zolari, tegişli vazirlik va idoralar rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etdi.
Majlisda prezidentning 2021 yil 16 iyundagi farmonida berilgan topşiriqlar ijrosi tahlili hamda qömitaning joriy yil ikkinçi yarim yillikka möljallangan iş rejasi muhokamasi hamda ekspertlar guruhi tarkibi tasdiqlandi.
Qömitaning asosiy yönalişlari etib, davlat organlari va taşkilotlari faoliyatining oçiqligini ta'minlaş sohasini muvofiqlaştiriş va doimiy monitoring yuritiş, axborot siyosati va davlat organlarida oçiqlik va oşkoralikni ta'minlaşga oid qonun hujjatlari, davlat dasturlarining ijro etilişi ustidan tizimli parlament nazoratini amalga oşiriş, şu jumladan, davlat organlari, xöjalik boşqaruvi organlari rahbarlarining hisobot yoki axborotlarini eşitib boriş belgilandi.
Unda qömita faoliyatini takomillaştiriş va kelgusi iş rejalari muhokamasi, şuningdek, qömita tarkibida jamoatçilik asosida soha mutaxassislaridan tarkib topgan ekcpertlar guruhi şakllantirildi.
Bu guruh a'zolarining aksariyati mamlakatdagi yetakçi OAV vakillari, blogerlar, jurnalistlar va yuristlardan taşkil topgan.
Majlisda qömitaning 2021 yil ikkinçi yarim yillikka möljallangan iş rejasi tasdiqlandi.
Qömita nazorat tahlil faoliyatini olib boriş yönalişida Özbekistonning Internet tezligi böyiça xalqaro reytinglardagi örnini yaxşilaş, şuningdek, davlat organlari faoliyatining samaradorligini oşiriş, tezkorligi şaffofligini ta'minlaş, aholining Internet tarmoqlari orqali erkin axborot oliş imkoniyatlarining holatlari yuzasidan Özbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirining axborotini eşitadi.












