Toşkent viloyati Yangiyöl tumanida fermer xöjaligining 6 sotix yerini 9 ming AQŞ dollariga sotmoqçi bölgan şaxs uşlangan. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar bermoqda.
Boş prokuratura huzuridagi Departamentning Toşkent viloyati boşqarmasi va DXX hamkorlikda Yangiyöl tumanida ötkazilgan tezkor tadbirda, fermer xöjaligiga tegişli yerni sotmoqçi bölgan A.Ç. uşlangan.
U fuqaro Q.ga özini «V.» fermer xöjaligi rahbari deb taniştirib, unga xöjalikning suğoriladigan va ball boniteti yuqori bölgan yer maydonidan 6 sotixini 9 000 dollariga sotişni va'da qilgan. Söng, vakolatli tanişlari orqali hujjatlarni tayyorlab berişini aytib, oldindan 3 000 dollarni olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Qayd etilişiça, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora beriş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.
Böstonliqda 25 gektar yerni 1,5 mln dollarga sotmoqçi bölgan şaxs qölga olindi
Böstonliqda 80 sotix yerni 450 ming dollarga sotmoqçi bölgan şaxs uşlandi












