Toşkent viloyatining Yangiyöl tumanida yuk maşinasi va avtobus iştirokida YTH sodir böldi. Holat yuzasidan viloyat IIB YHXB axborot xizmati ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinişiça, YTH bugun, 13 dekabr kuni soat taxminan 16:30 larda Yangiyöl tumani hududidan ötuvçi M-34 “Toşkent–Duşanbe” avtomobil yölida sodir bölgan. 1984 yilda tuğilgan haydovçi boşqaruvidagi XCMG yuk maşinasi bir yönalişda harakatlanayotgan Isuzu avtobusning orqa yon qismiga urilib ketgan.

YTH oqibatida avtobusda bölgan 2 nafar yölovçiga tuman tibbiyot birlaşmasida tibbiy yordam körsatilgan. Hozirda ularning ahvoli yaxşi ekani bildirildi.

Hozirda holat yuzasidan Yangiyöl tumani IIB tomonidan tergovga qadar suriştiruv işlari olib borilmoqda.

Avvalroq Qozoğistonda avtobusdagi YTH oqibatida ikki özbekistonlik halok bölgani xabar qilingandi.