Narimonjon Nömonoviç Ismoilov Toşkent viloyati Bekobod şahrining yangi hokimi etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Narimonjon Ismoilov

14 iyul kuni şaharda Xalq deputatlari şahar kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi bölib ötdi. Unda viloyat hokimi Zoyir Mirzayev şaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş böyiça belgilangan vazifalar ijrosida yöl qöyilgan kamçiliklar va navbatdagi muhim vazifalar yuzasidan tahliliy ma’ruza qilgan.

Viloyat hokimi Navoiy sanoatni rivojlantiriş kompleksi» maxsus sanoat parki direksiyasi direktori sifatida işlab kelgan Narimonjon Nömonoviç Ismoilov nomzodini Bekobod şahri hokimligi uçun tavsiya qilgan. Deputatlar uşbu nomzodni şaharning yangi hokimi etib tasdiqlaşgan.

  • Bekobod şahriga 2022 yil may oyidan buyon Nasrulla Boboyev rahbarlik qilayotgandi. Uning işdan ketişi sababi ma’lum emas.

Şu kuni Yangiyöl tumanida ham xalq deputatlari tuman kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi bölib ötib, unda ham taşkiliy masala körildi.

Zoyir Mirzayev Yangiyöl tumani hokimi lavozimiga şu paytga qadar Vazirlar Mahkamasida mas’ul vazifada işlab kelayotgan San’at Şakiroviç Jumaniyozov nomzodini tavsiya qildi.

San’at Jumaniyozov

Xalq deputatlari tuman Kengaşi deputatlari tomonidan S. Jumaniyozov Yangiyöl tumani hokimi etib tasdiqlandi.

Tumanga 2023 yil avgustidan buyon Odiljon Qosimoviç Ataullayev rahbarlik qilib kelayotgandi.

Viloyatdagi uşbu özgarişlar 13 iyul kuni prezident Bekobod tumaniga taşrif buyurib, yangi infratuzilma va obodonlaştiriş loyihalari bilan tanişişi ortidan röy berdi.