Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida 27 iyul kuni ötkazilgan videoselektor yiğilişida Yangiyöl tumani aholisi va tadbirkorlarini elektr hamda gaz bilan barqaror ta’minlaş böyiça maxsus ştab taşkil etilişi aytilgandi.

Energetika vazirligining bildirişiça, yiğilişda belgilangan topşiriqlar ijrosini ta’minlaş maqsadida şu kunning özida Yangiyöl tumanida energetika vaziri Şerzod Xodjayev boşçiligida elektr va gaz ta’minotini yanada yaxşilaş böyiça maxsus ştab taşkil etildi.

Mazkur ştab faoliyatini muvofiqlaştirişda Yangiyöl tumani hokimi San’atbek Jumaniyozov vazirning örinbosari sifatida iştirok etadi.

Ştab a’zolari ikki hafta davomida tumanning barça - 51 ta mahallasida aholi va tadbirkorlarning elektr hamda tabiiy gazga bölgan oylik, çoraklik va yillik ehtiyojini çuqur örganadi.

Örganişlar natijasida tumanning energiya iste’moli balansi şakllantirilib, kelgusidagi ta’minot tizimini takomillaştiriş böyiça aniq çora-tadbirlar işlab çiqiladi.

Qayd etilişiça, joriy yilning 1 oktyabriga qadar barça taşkiliy va amaliy işlarni yakunlab, Yangiyöl tumanini elektr va gaz ta’minoti böyiça respublikadagi namunaviy hududlardan biriga aylantiriş rejalaştirilgan.