Ötinni tutatiş orqali kömirsimon yonilğiga aylantiruvçi şaxslar atmosferaga zaharli tutun çiqarib kelgani aniqlangan. Şu sabab bu qurilmalar yaroqsiz holatga keltirilib, faoliyati töxtatildi. “Bankdan 400 mln söm kredit olib 2 oy oldin [şu işni] boşlaganman. Endi bu yoği nima böladi, bilmayman”, – deydi faoliyat egasi Xudoyberdi Bekmurodov.

Toşkent viloyatining Yangiyöl tumani Said ota mahallasida işlab kelgan fuqarolar ötinni maxsus sisterna boçkalarida yoqiş orqali pista kömir işlab çiqaradi.

Tuman ekologiya bölimi boşliği Nurğali Omonovning ta’kidlaşiça, asosan keçasi işlovçi bu boçkalar sabab atmosfera havosi yaxşigina zararlanib keladi.

“Daraxt tönkalaridan kömir yasaydigan korxona faoliyatini aniqladik, uning atmosfera havosiga zarar yetkazyotgani ma’lum bölib, tegişli tartibda hujjatlari söralganda taqdim qilolmadi. Bunga nisbatan hozirda suriştiruv işlari olib borilyapti, ma’muriy bayonnoma rasmiylaştiriladi, tegişli tartibda çoralar köriladi. Bu faoliyat davom etişiga qarşi emasmiz, faqat ekologik normativ-hujjatlarni olib, iş faoliyatini öz me’yorida, atmosfera havosiga zararli taşlanmalarni uşlab qoladigan filtrlarni örnatgan holda davom ettirsa böladi. Atmosfera havosiga çiqadigan filtrlarni örnatmagani sababli korxona faoliyati vaqtinçalik töxtatildi.

Tsisterna qilingan boçkalarni tumandagi taşkilotlar kelib, kesiş jarayonlari olib borilyapti, yaroqsiz holatga keltirilyapti. Vazirlar Mahkamasining tegişli qarorlari asosida kerakli hujjatlar, patentni olib, soliqdan hujjatlarni rasmiylaştirganidan söng iş faoliyatini davom ettirsa böladi”, – dedi rasmiy.

Uning qöşimça qilişiça, faoliyat egasi tadbirkor sifatida davlat röyxatidan ötmagan, hokimiyat balansidagi yerda noqonuniy işlagani sabab uning mol-mulki yaroqsiz holatga keltiriladigan bölgan.

Faoliyat egasi Xudoyberdi Bekmurodov esa bu borada boşdan ogohlantiriş berilmaganini, hujjatlari haqiqatan ham mavjud emasligini aytdi.

“Keça keçasi ekologiyadan kelişgan. “Havoga zarar” deyişdi, qilayotgan işim noqonuniy ekan. Mening hujjatlarim hali tayyor bölmagan. Tayyor bölib qolar, işni boşlayveray deb boşlagandim. Mana, kelib, [mulkimni buzib] bölib taşlaşyapti, [agar] xalqqa zararim tegayotgan bölsa, keçirim sörayman.