Carrefour xalqaro supermarketlar tarmoği özining ilk faoliyat kunlaridan boşlab, birinçilardan bölib plastik paketlardan voz keçgan holda fuqarolarimizga qayta işlatiladigan sumkalar va qoğoz paketlar kabi alternativalarni taklif etgan.
Tajriba şuni körsatmoqdaki, fuqarolarimiz bu taşabbusni yahşi kutib olib, ongli ravişda ekologik tanlovni amalga oşirgan holda köproq köp marotaba işlatiladigan eko-sumkalardan foydalanişni afzal körişmoqda.
Birgina joriy yilning yanvar – iyun holatiga köra, mijozlar 230 000 ortiq köp marotaba işlatiladigan eko-sumkalarni xarid qilgan va undan foydalangan.
Uşbu taşabbus davomi sifatida iyul oyida Carrefour Uzbekistan mijozlarni bir marotabalik işlatiladigan plastik paketlardan foydalanişni kamaytirişga undaşga qaratilgan bir qator taşabbuslarni ilgari surmoqda. 3 iyuldan 31 iyulgaça har bir qayta işlatiladigan sumkalarni sotib oliş uçun xaridorlar MyClub ballarini qölga kiritişadi.
“Sayyoramizni sevaylik” aksiyasi doirasidagi ikkinçi taşabbus – Özbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi bilan hamkorlikda amalga oşirilib, bu taşabbus fuqarolarni iste'moldan söng plastik idişlar va qopqoqlarni saralaş, utilizatsiya qiliş va qayta işlaş uçun ularni maxsus joyga topşirişga undaydi.
Şu bois, har bir Carrefour dökonda delfin va Yer sayyorasi haykalçasi yaratilib, u haridorlar tomonidan plastik idişlar va qopqoqlari bilan töldirilib kelinmoqda, şu orqali plastik çiqindilar muammosi kölami va uning hayvonlarga bölgan tahdidi haqida hayratlanarli vizual tasavvur hosil qilingan.
Bu taşabbus orqali taşkilotçilar mijozlar e'tiborini plastik çiqindilarning hayvonlarga va atrof muhitga salbiy ta'siriga qaratişni istadi. Taşabbus yakunida plastik idişlarni va qopqoqlar mas'uliyatli tarzda yöq qilinadi, ular atrof-muhitga çiqarib yuborilişining oldi olinadi.
"Carrefour'da biz kelgusida avlodlarimizga toza sayyora qoldiriş uçun barqaror hayot, xaridlarning ekologik ahamiyati töğrisida mijozlarimizga ma'lumot beriş bizning mas'uliyatimiz deb hisoblaymiz. Mijozlar özlarining kundalik hayotlariga yaşil taşabbuslarni tobora köproq tatbiq etişar ekan, bizning maqsadimiz ularga kundalik hayotda barqaror ekologik alternativalarni taqdim etişdir.








