«Carrefour» supermarketlari boşqaruvçisi – «Majid Al Futtaim Hypermarkets» mas'uliyati çeklangan jamiyati ustav fondidagi barça uluş Birlaşgan Arab Amirliklaridagi «Majid Al Futtaim»ga tegişli, deb ma'lumot berdi supermarket tarmoqlari axborot xizmati.
«Majid Al Futtaim» (BAA) – Fransiyaning «Carrefour» çakana savdosi franşizasiga ega bölib, Yaqin Şarq, Afrika va MDH kabi 30dan ortiq mamlakatlarda eksklyuziv huquqlarga ega. Bugungi kunda kompaniya dunyoning 17 mamlakatida 320ta dökonni muvaffaqiyatli boşqarib, har kuni 750 000dan ortiq mijozga xizmat körsatmoqda», – deyiladi rasmiy bayonotda.
Ayni paytda Özbekistonda 3ta «Carrefour» savdo dökoni faoliyat körsatmoqda. Aslida, «Majid Al Futtaim» Özbekistonda 7ta «Carrefour» savdo dökonini işga tuşirişni rejalaştirgan. BAA kompaniyasi rejalaştirgan Özbekistondagi barça savdo nuqtalari «Akfa Group» egalik qiladigan binolarda oçilişi aytilgandi. Bu böyiça 2019 yil oktyabrda «Akfa Group» va «Majid Al Futtaim» özaro şartnoma ham imzolagan.
2021 yili 7 yanvar kuni esa «Majid Al Futtaim» va «UzOman» strategik hamkorlik aloqalarini örnatişi haqida xabar tarqaldi. Ta'kidlanişiça, uşbu uzoq muddatli şeriklik doirasida ikkala kompaniya ham öz imkoniyatlari va tajribalarini birlaştirib, mamlakatda zamonaviy çakana savdoni rivojlantiriş, Özbekiston iqtisodiyoti va sanoatiga katta hissa qöşiş maqsad qilib olingan.
«Majid Al Futtaim» Toşkentda ikkita yangi «Carrefour» gipermarketini joriy yilning mart-aprel oylarida işga tuşirişni rejalaştirgan. Gipermarketlar «UzOman»ga tegişli bölgan eng yirik «Samarqand Darvoza» va «Compass» savdo-köngiloçar markazlarida joylaşadi.
Anglaşiladiki, Özbekistondagi yirik savdo-köngiloçar «Samarqand Darvoza» va «Compass» markazlari ma'muri – «Özbek-Ömon investitsiya kompaniyasi» MÇJ öz binolarida ijara huquqi asosida faoliyat yuritayotgan «Makro» supermarketlari bilan tuzilgan şartnomani bekor qilmay, uşbu nuqtalarda «Majid Al Futtaim» kompaniyasiga tegişli «Carrefour» supermarketlari iş boşlaşini ma'lum qildi.












