Fransiyadagi Carrefour supermarketlar tarmoği peştaxtalarda xaridorlarni «şrinkflyatsiya» haqida ogohlantiruvçi belgilarni qöyişni boşladi.
«Şrinkflyatsiya» – bu iste’mol tovarlari işlab çiqaruvçilari tomonidan narxlarni yaşirin tarzda oşiriş usulidir: mahsulot narxi oşganini bildirmaslik maqsadida, uning qadoği kamaytiriladi.
Carrefour vakillari şu yöl bilan işlab çiqaruvçi kompaniyalarga bosim ötkazmoqçi ekanini, narxlarni pasaytirişga erişmoqçi ekanini aytmoqda.
Carrefour «şrinkflyatsiya»ga uçragan 26 ta mahsulotni aniqladi, ularning qadoqlari kiçrayib ketgan, ammo narxi özgarmagan. Masalan, Nestle tomonidan işlab çiqarilgan Guigoz sut mahsuloti qadoği 900 grammdan 830 grammgaça qisqargan. Lipton Ice Tea çoyi şişasining hajmi 1,5 litrdan 1,25 litrgaça kamaytirilgan. Viennetta muzqaymoği vazni 350 grammdan 320 grammgaça kamaygan.
Fransiyaning ikkinçi yirik oziq-ovqat çakana sotuvçisi Carrefour bunday mahsulotlarni peştaxtalarda «Uşbu mahsulot hajmi/oğirligi pasaydi, amalda esa narxi oşdi», degan yozuvlar bilan joylaştirmoqda.
Britaniya iste’molçilari ham «şrinkflyatsiya» kundalik tovarlar narxiga ta’sir qilganini da’vo qilmoqda: muşuklar uçun oziq-ovqatdan tortib şokoladli peçeniyegaça.
Biroq, Britaniya supermarketlari Carrefour kompaniyasi ortidan borişni istamaydi. Çakana savdo böyiça mutaxassis Ged Futter sözlariga köra, bu strategiya çakana sotuvçilar va tovar yetkazib beruvçilari örtasidagi munosabatlarni buzişi mumkin. Futterning fikriça, Carrefour şu yöl orqali boşqa supermarketlar bilan raqobatlaşişga harakat qilmoqda, ammo bu juda qöpol va xatarli usul.








