«Daraxt kesganlik uçun aniq belgilangan jarima bor. Denovdagi holatda kesgan şaxsga nisbatan jarima qöllangan. «Denov tuman yöllardan foydalaniş» UKning uçastka bölimi boşliği J.F. ana şu jarimani tölaydi. Tabiatga yetkazilgan zarar miqdori – 329 million söm. Bu yerda jarima va zarar summalari alohida ekanligini qayd etiş joiz. Öşa zararni esa J.F. işlaydigan korxona tölaydi. 329 million söm zarar yetkazilganlik holati böyiça iş prokuraturaga oşirilgan.

Ana endi bu protsedura qanday bölişiga kelsak. Taşkilot zararni tölaş uçun biz bilan aloqaga çiqib, muddat sörasa, deylik, 5 oyda bölib-bölib tölab beramiz, desa biz unga öşa muhlatni beramiz va özaro kelişuv asosida zararni undiramiz. Agar bu kontakt sodir bölmasa, odatda, Majburiy ijro orqali undiramiz. Bu holda taşkilot hisob raqami kartotekaga olinadi va zarar töliq undirilmaguniça oçilmaydi», deydi Boqijonov.

Davlat ekologiya qömitasi raisi örinbosari Islombek Boqijonov daraxtlar kesilişi holatida qöllanayotgan jarimalar miqdori taqsimoti haqida ham ma'lumot berdi.

«Daraxtlar kesilgani oqibatida qöllanadigan jarimalar miqdorining 60 foizi mahalliy hokimliklarda qoldiriladi, 40 foizi esa Ekoqömita hisob raqamiga tuşadi. Sönggi 3 yillik ma'lumot şunday: aynan tabiatga yetkazilgan zarar tufayli qöllangan jarimalar va sanksiyalar tufayli undirilgan miqdordan 63 milliard söm mahalliy hokimliklar budjetiga tuşgan. Yiliga 20 milliard söm atrofida. Bu pullar öşa hududlarda ekologiyani yaxşilaş uçun sarflanişi kerak», dedi Ekoqömita mas'uli.

U mahalliy hokimliklarda ekologiyaga, daraxtlarni nobud qilişga munosabat yaxşi emasligini afsus bilan qayd etdi.

«Hamma ham tabiatga mehrli emas. Şu örinda biz yana jamoatçilikka tayanişimizni aytib ötaman. Fuqarolarimiz faol bölib, bizga vaqtida xabar yetkazib turişsa nur ustiga nur bölar edi. Albatta, biz özimiz ulgurmayotgan paytda bu bizga katta yordam böladi», deydi u.

Daraxtkesarlarga qarşi kuraş doirasida jarima maydonlari taşkil qilinadi

Islombek Boqijonov

Sönggi vaqtlarda, moratoriyga qaramay, daraxtlarni ayovsiz kesiş holatlari köpayib bormoqda. Davlat ekologiya qömitasi raisi örinbosari yangi qaror loyihasi haqida ma'lumot berdi.

«Biz yangi qaror loyihasini tayyorladik. Unga köra, har bir viloyatda jarima maydonçalari taşkil qilamiz. Bu maydonçalarning hududi 50 gektardan böladi.

Soddaroq tuşuntirsam, bu avtoulovlarni jarima maydoniga qöyiş amaliyotiga öxşaş. Deylik, Denovda 109 tup daraxtni kesgan taşkilot öşa jarima maydoniga ekiş mavsumi vaqtida qonunda belgilanganidek 1090 tup daraxt ekadi va parvarişini zimmasiga oladi. Öşa uçastkada biz peşlavha osamiz: falon taşkilot falonça daraxt kesgani uçun falonça daraxt ekdi. Bu daraxtlarga va ularni 3 yil davomida parvariş qilişga şu taşkilot javobgar. Agar şu davr mobaynida biror daraxt qurib qolsa, örniga yana ekadi», deydi Boqijonov.