Abulaziz Komilov ŞHTga a'zo davlatlar Taşqi işlar vazirlari kengaşining navbatdagi yiğilişida iştirok etiş uçun Duşanbe şahriga bordi. Ta'kidlanişiça, 13 iyul kuni Özbekiston taşqi işlar vaziri Pokiston taşqi işlar vaziri Şoh Mahmud Qurayşi, Afğoniston taşqi işlar vaziri Hanif Atmar va Hindiston taşqi işlar vaziri Subramanyam Jayşankar bilan uçraşuvlar ötkazgan.

«Muzokaralar davomida uşbu mamlakatlar bilan siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almaşilgan. Köp tomonlama tuzilmalar, şu jumladan, Şanxay hamkorlik taşkiloti doirasidagi özaro aloqalarni yanada rivojlantiriş istiqbollari körib çiqildi», deyiladi xabarda.

2021 yil 15–16 iyul kunlari Toşkent şahrida bölib ötadigan «Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy boğliqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar» nomli yuqori darajadagi xalqaro konferensiyaga alohida e'tibor qaratilgan.

Uçraşuvlarda Toşkent konferensiyasi öz vaqtida ötkazilayotgan va muhim xalqaro forum ekani, u nafaqat Janubiy va Markaziy Osiyo örtasidagi savdo-iqtisodiy özaro aloqalarni faollaştirişga yordam berişi, balki mintaqaviy barqarorlikni ta'minlaşga ham samarali hissa qöşişi ta'kidlangan.