«Tolibon» harakati jangarilaridan jon saqlaş maqsadida 77 kişi Afğonistonning Vaxan uyezdidan Tojikiston hududiga qoçib ötdi. Bu haqda Tojikiston davlat milliy xavfsizlik qömitasi çegara qöşinlari matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarda aytilişiça, 13 iyul kuni 26 nafar erkak, 20 nafar ayol va 31 nafar bola toliblar ta'qibidan qoçib Tojikistonning Murğob tumani Qizil Rabot qişloğidagi çegarani kesib ötgan. Ular Badaxşon viloyati Vaxan uyezdidagi Andemin qişloği fuqarolari hisoblanadi.
Tojikistonlik çegaraçilar «insonparvarlik nuqtayi nazaridan» qoçqinlarning mamlakat hududiga ötişiga ruxsat bergan.
Eslatib ötamiz, sönggi kunlarda Afğoniston armiyasining mingdan ortiq harbiysi toliblar bilan janglardan çekinib, jon saqlaş uçun Tojikiston hududiga qoçib yaşirinişga majbur böldi.
«Xovar» axborot agentligi çegara qöşinlari matbuot xizmatiga tayanib xabar berişiça, 5 iyulga ötar keçasi Tojikistonga çegara orqali 1037 nafar afğon harbiy xizmatçisi kirgan. Agentlik ma'lumotiga köra, bir kun oldinroq, 4 iyul kuni Tojikistonga yana 94 nafar afğon harbiysi qoçib ötgandi.













