Elektron baza haqida
— Ekologiya qömitasi 1 oy avval uçuvçisiz uçiriladigan qurilma (dron) xarid qildi. Apparatni olib kelişimizga 3 oy vaqt ketdi. Qurilmani ilk bor Böstonliq tumanida sinab kördik. Dastlabki parvoz 45 kilometr masofaga teng böldi. Biz kelgusida daraxtlar xatlovini şu qurilma yordamida bajarib, işga tuşirmoqçi bölayotganimiz onlayn platformaga ana şu ma'lumotlarni joylaymiz.
Hozirgi test parvoz natijalarini endi tahlil qilamiz: neçta daraxt, neçta hayvonni suratga olgan.
Bu – tez böladigan jarayon emas. Joriy yil yakunigaça qisman bölsa-da xatlovni amalga oşirişga harakat qilamiz. Çunki kölami katta bu işning. Birgina Böstonliq tumanida çamasi 500 ming gektar hudud. Buni samodan tasvirga oliş va keyin uşbu lavhalarni tahlil qilib çiqiş uçun köp vaqt ketadi.
Darvoqe, biz faqat örmon fondiga kirmaydigan daraxt va butalar xatlovini amalga oşiramiz.

Dron orqali xatlovni nega Toşkent şahridan boşlaş mumkin emas?
— Bu borada bir qator tösiqlar bor. Bu qurilmani uçiriş uçun aviatsiya markazidan ruxsat oliş kerak. Şahar uzra uçiş mumkin bölmagan hududlar bor, masalan, “monetniy dvor”, aeroport, harbiy hududlar va hokazo. Aynan pul çiqaradigan zavod tufayli biz Botanika boği ustidan dronni uçira olmadik.
Biz Aviatsiya markazi bilan hamkorlik qilib, ehtimol, qurilmani ularga berarmiz, özlari uçirib, bizga ma'lumotlarni taqdim etişar.
Quriliş maydonlaridagi daraxt kesişlar haqida
— Quriliş maydonlarida daraxtlarni kesişga va köçirişga ruxsat yöq. Moratoriy bor. Heç kim ruxsat ololmayapti. Reyderlik bilan kesayotganlarni esa uşlayapmiz, jazolayapmiz. Jamoatçilik ham bizga bu borada katta yordam beryapti.
Ekopartiya vakili va jurnalistni Ğafur Ğulom nomidagi boğga kiritişmagani haqida
— Men öşa vaqt xizmat safarida edim. Agar bizdan yordam söraşganida, bu muammo bölmasdi. Aynan dronni park uzra uçirib, kerakli ma'lumotlarni oliş mumkin edi. Hozir ham biz bunga şaymiz. Keling, Kun.uz bilan birgalikda şu işni amalga oşiramiz.
Bobur Akmalov suhbatlaşdi.












