Haitilik sobiq senator Jon Joel Jozef mamlakat prezidenti Jovenel Moizni öldirişga aloqadorlikda gumonlanib qidirilmoqda. Bu haqda Rezo Nòdwès mahalliy naşri ma'lum qildi.

Sobiq senatordan taşqari Moizning öldirilişini tergov qiliş doirasida yana ikki kişi – huquqşunos Jozef Feliks Badio va biznesmen Rodolf Jaar qidirilmoqda.

Politsiyada ta'kidlanişiça, uşbu şaxslarning barçasi “qurollangan va xavfli hisoblanadi”. Ular qotillik, qotillikka suiqasd va qurolli talonçilikda gumon qilinmoqda. 

8 iyulda Haiti politsiyasi boşliği Leon Şarl Moizning öldirilişi işi böyiça hibsga olingan 6 kişi orasida kelib çiqişi haitilik bölgan Jyeyms Solaj borligini, qölga olinganlardan yana biri sobiq haitilik bölişi mumkinligini ma'lum qilgan.

12 iyulda AQŞ davlat departamenti vakili Ned Prays AQŞ Moiz öldirilişi işi böyiça 3 amerikalik fuqaro uşlanganidan xabardor ekanini, uşbu fuqarolarga konsullik kömagi körsatilişini aytgan. Öşa kuniyoq CNN telekanali Haiti prezidenti öldirilişi bilan boğliq holda qölga olinganlardan bir neçasi AQŞ maxsus xizmatlari informatori bölganini ma'lum qilgan.

Jovenel Moiz 7 iyulga ötar keçasi öz qarorgohida öldirildi. Hujum vaqtida uning rafiqasi Martin Moiz yaralangan. Hozirda u AQŞda davolanmoqda.