AQŞ Fuqarolik aviatsiyasi federal boşqarmasi Amerika aviakompaniyalariga bir oy davomida Haitiga reyslar amalga oşirişni taqiqlab qöydi. Uşbu qaror uçta samolyot mamlakat poytaxti Port-o-Prensga qöniş va uçiş vaqtida öqqa tutilgani sabab qabul qilindi. Hujumlar 2021 yildan beri davom etib kelayotgan hukumat inqirozi şaroitida şaharning katta qismini nazorat qilayotgan qurolli guruhlar tomonidan amalga oşirilgan.
Hujumlarning uçalasi ham 11 noyabr kuni amalga oşirilgan. Avvaliga jangarilar Port-o-Presnga qönayotgan Spirit Airlines aviakompaniyasi samolyotiga qarata öt oçgan. Bort kuzatuvçi yaralangan, şundan keyin uçuvçi havo kemasini qöşni Dominikan Respublikasiga qöndirişga qaror qilgan.
Şundan keyin Port-o-Presndan uçib ketayotgan American Airlines va JetBlue samolyotlari hujumga uçragan. Ular AQŞga muvaffaqiyatli qönişni amalga oşirgan, ammo American Airlines samolyotiga zarar yetgan.
Qurolli guruhlar tomonidan samolyotlarning öqqa tutilişi Ötiş davri kengaşining yangi boş vazir tayinlaş töğrisidagi qaroriga javob bölişi mumkin. Tayinlov 11 noyabr tongida e’lon qilingandi.
Haitida 2021 yildan beri davlat institutlari inqirozi davom etmoqda — bunga prezident Jovenel Moizning öldirişi sabab böldi. Mazkur voqea mamlakatda parlament yöqligida yuz berdi. Moiz öz hokimiyatini mustahkamlaşida deputatlar xalaqit bermasligi uçun parlament saylovlarini bir neça bor keçiktirgan edi.
Nufuzli siyosiy guruhlarning kelişuvi hamda BMT, AQŞ va boşqa davlatlar kömagida Ariel Anri davlat rahbari böldi, ammo mamlakatning köplab aholisi uning legitimligini tan olmadi. Umum e’tirof etilgan institutlar yöqligi sababli, qurolli tödalar mamlakatning köp joylarida hokimiyatni egallaşga kirişdi. Ularga qarşi turiş uçun mahalliy aholi köngillilar bölinmalarini tuzdi va natijada fuqarolik uruşi boşlanib ketişiga bir baxya qoldi. 2023 yilda töqnaşuvlar oqibatida 9 mingdan ortiq odam halok böldi, yuz minglab insonlar öz uylarini tark etdi.
2024 yil martda Anri iste’fo berdi. Qurolli guruhlar deyarli isyon kötarib, uni şunday yöl tutişga majburladi: ular hukumat binolariga hujumlar uyuştirdi, ikkita qamoqxonadan qariyb 5 ming mahbusni ozod etdi. Aprel oyidan beri Haitida oliy hokimiyat funksiyasini Ötiş davri kengaşi bajarib kelmoqda. Uning vakolatlari 2026 yil aprelda tugaydi — unga qadar mamlakatda qonuniy prezident saylanişi kerak.













