AQŞ giyohvand moddalar savdosida gumonlanayotgan Haiti sobiq prezidenti Mişel Martelliga nisbatan sanksiyalar joriy etib, uni Karib davlatlarida zöravonlik va beqarorlikni qözğatişda aybladi, deb xabar beradi CNN.
AQŞ Moliya vazirligining qayd etişiça, Martelli AQŞga giyohvand moddalar yetkazilişiga kömaklaşib, öz mavqeini suiiste’mol qilgan. Şuningdek, u giyohvand moddalar orqali qölga kiritilgan noqonuniy mablağlarni yuvişda, haitilik narkosavdogalar bilan hamkorlik qilişda ayblanmoqda.
20 avgust kuni e’lon qilingan sanksiyalarga köra, Amerika muassasalari va jismoniy şaxslari Martelli bilan moliyaviy operatsiyalarni amalga oşira olmaydi.
AQŞ Davlat departamenti vakili Vedant Patelning ma’lum qilişiça, uşbu qadam orqali Qöşma Ştatlar mansabi va mavqeidan qat’iy nazar, faoliyati banditizm va Haitidagi siyosiy muhitni beqarorlaştirişga hissa qöşadigan barça şaxslar uçun javobgarlik muqarrarligini körsatib qöymoqda.
2011 yildan 2016 yilga qadar Haiti prezidenti lavozimida işlagan Martelli 2022 yilda jinoiy guruhlar faoliyatini qöllab-quvvatlaganlikda gumonlanib, Kanada sanksiyalariga uçragan edi.












