7 iyulda kema Misr sudi solgan taqiqdan ozod qilingandan keyin kanalning Katta va Kiçik şör köllari örtasidagi qismidan Örta Yer dengiziga çiqqan. Şu kuni kanal rahbariyati va kemaga egalik qiluvçi kompaniya Misrning Ismoiliya şahrida sulh imzolagan.

Biroq kema öz egasining iltimosiga köra Port-Saidda kompleks texnik körikdan ötkaziş uçun töxtatilgan. Tekşiruvlar yakunlangaç, kema öz yölini davom ettirgan.

Kompaniya, şuningdek, kema ekipajining bir qator a'zolarini, jumladan sardorni özgartirgan.

Ever Given 23 mart kuni Suvayşda sayozlikka ötirib qolib, u orqali harakatni 6 kunga töliq töxtatib qöygandi. Kemani 29 martdagina joyidan siljitişga muvaffaq bölingan. Bu vaqt içida kanalning ikki tomonidan umumiy tonnaji 26 mln tonnani taşkil qiluvçi 422ta kemadan iborat navbat yuzaga kelgan.