“7 iyulda kanal ma'muriyati va kema egasi bilan kelişuv imzolanişi marosimi bölib ötadi. Marosim doirasida Ever Given kanalni tark etadi”, deb aytilgan xabarda.
Marosimda kemaga egalik qiluvçi kompaniya va kanal rahbariyati vakillari iştirok etadi.
30 iyunda Al Arabiya telekanali öz manbalariga tayanib, Suvayş kanali rahbariyati va Ever Given egasi kanalga yetkazilgan zarar uçun 540 mln dollar kompensatsiya tölaşga kelişib olganini ma'lum qilgandi.
Xitoydan Niderlandiyaning Rotterdam şahriga suzgan 400 metrlik Ever Given konteyner taşuvçi kemasi 23 mart kuni Suvayşda sayozlikka ötirib qolgandi. Uni 6 kun ötibgina joyidan siljitişga va kanalni oçişga muvaffaq bölingan. Bu vaqt içida kanalga ikki tomondan kiriş joyida yuzlab kemalardan iborat tirbandlik yuzaga kelgan. Kanaldagi harakatni 3 apreldagina töliq tiklaşga muvaffaq bölingan.
Kema kompensatsiya tölaş böyiça kelişuvga erişilmagunça kanal ma'muriyati tomonidan uşlab turilgan.












