Independent naşrida ma'lum qilinişiça, xalqaro mutaxassislar Britaniyada çeklovlar bekor qilinişi oldidan favqulodda sammit çaqirtirişmoqda.

Jonson hukumatiga çeklovlarni bekor qiliş böyiça rejasini qayta körib çiqiş qat'iyan tavsiya etilgan. Olimlarning ta'kidlaşiça, Britaniya hukumatining uşbu qadami butun dunyoga xavf soladi.

Dunyoning 1200 mingdan köproq olimi Jonsonning 19 iyulda “Erkinlik kuni” ötkaziş qarorini qoralagan va uni “ilmiylikka zid va axloqsiz” deb atagan.

Oxirgi sutkada Britaniyada kunlik kasallaniş holatlari yanvar örtasidan beri ilk bor 50 mingdan oşdi. Pandemiya boşidan beri 5,3 mlndan köproq britaniyalik koronavirusga çalingan, 129 mingga yaqini virusdan vafot etgan.

Ayni vaqtda mamlakatda baloğatga yetgan yoşdagi aholining 87,6 foizi koronavirusga qarşi vaksinaning bir dozasi, 67,5 foizi esa ikki dozasi bilan emlab bölingan.

5 iyulda Boris Jonson 19 iyuldan mamlakatda barça çeklovlar bekor qilinişini tasdiqlagandi. Jumladan, niqob taqiş va ijtimoiy masofaga amal qiliş majburiy bölmaydi.