13 iyul kuni Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida döl yoğişi ortidan kelgan sel odamlarni oqizib ketdi.
Rasmiy ma'lumotlarga köra, 9 kişi vafot etgan, 6 kişi tabiiy ofatdan jabrlangan. Jami 24 kişi jarohat olib şifoxonalarga murojaat qilişgan.
Talafotda birdaniga 8 nafar yaqinini yöqotgan Rustamboy Rahmonovlar oilasidan 5 va 7 yoşdagi bolalar ham selda oqib ketişgan. 7 yoşdagi bolaning jasadi hamon qidirilayotgan edi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati bolaning jasadi topilganini ma'lum qildi.
“Olib borilgan qidiruv-qutqaruv işlari natijasida bugun, 17 iyul kuni erta tongda 2014 yilda tuğilgan, 7 yoşli bolaning jasadi Kosonsoy soyining “Tagijar” MFY hududidan oqib ötuvçi qismidan topilgan.
Barça yurtdoşlarimizdan mutaxassislarning ob-havo özgarişlariga oid ogohlantirişlariga qat'iy amal qilişni söraymiz”, – deyiladi vazirlik xabarida.
Ma'lumotlarga köra, joriy yil boşidan beri Özbekistonda jami 11 nafar fuqaro sel oqimlaridan halok böldi. 2005-2021 yillar davomida Özbekistonda sel-suv toşqinidan jami halok bölganlar soni esa 70 nafarga yetdi.
«5 yoşlisini yerga qöydik, endi 7 yoşli nabiramni qidiryapmiz» — Kosonsoyda sel oqizgan murğaklar












