Navasdan Şevçenkogaça. Milliy jamoasi bilan sovrin yutmagan jahon yulduzlari ramziy jamoasi
|01:44 / 17.07.202110 6359 min
Bir neça kun avval Lioyenl Messi Argentina milliy jamoasi bilan Amerika kubogida zafar quçib, 15 yillik orzusiga erişdi. Uzoq yillar öz vatani jamoasiga sovrin yutib berişni maqsad qilgan futbol dahosi nihoyat niyatiga yetdi.
Lekin bu orzusi uşalmay qolgan va hamon milliy jamoa bilan titul yutmagan futbol yulduzlari qança? Keling, XXI asrda töp tepgan mana şunday futbolçilarning ramziy jamoasini tuzib çiqamiz. Boşladik.
Darvozabon: Keylor Navas (Kosta-Rika)
Milliy jamoa safida: 93ta öyin
«Real»ga ötgaç, ketma-ket 3 marta Çempionlar ligasida zafar quçgan Navas bu yölda «blankos»ga katta yordam bergandi. Umuman, klubdagi faoliyatidan Navasning köngli töliq xotirjam. U katta titullarning deyarli barçasini yutişga erişdi.
2014 yilgi jahon çempionatidagi harakatlari orqali dunyo futbolida katta yulduzga aylangan Keylor mundialning 5 öyinida 3ta «quruq öyin» qayd etgan va 3ta uçraşuvning eng yaxşi futbolçisi deb topilgan. 2009 va 2011 yilgi Şimoliy Amerika birinçiligida finalda öynagan kosta-rikaliklar afsonasi öşanda bor imkoniyatini boy berib bölganini bilmagan bölsa kerak. U paytda darvozabon özining eng kuçli formasida emasdi. Balki, özining eng yulduzli davrlarida şu kabi finalda iştirok etganda, jamoasiga çempionlikni taqdim etişi ham mumkin edi. Hali 34 yoşli kiperda buning uçun imkoniyat bor. Lekin endi ğoliblikka erişiş ehtimoli juda pasayib bormoqda.
Öng qanot himoyaçisi: Xaver Zanetti (Argentina)
Milliy jamoa safida: 143ta öyin
Argentina va «Inter» afsonasi hisoblangan Xaver Zanetti ham milliy jamoa tarkibida birorta sovrin yutolmaganlardan. 19 yil «neradzurrilar» va 17 yil «albiseleste» uçun mehnat qilgan futbolçi har ikkala jamoasida ham afsona hisoblanadi.
Yoşlar jamoalaridagi yutuqlarni hisobga olmasak, Zanetti Argentina libosida birorta titulga erişmagan.
Markaziy himoyaçi: Rio Ferdinand (Angliya)
Mavzuga oid
Milliy jamoa safida:
81ta öyin
Angliyaning uzoq yillik işonçli markaziy himoyaçisi ham öz pozitsiyasida milliy jamoa uçun birorta titul yuta olmagan sobiq futbol yulduzi hisoblanadi. 2002 va 2006 yilgi jahon çempionatlarida «uç şerlar» markaziy himoyasida asosiy va almaştirib bölmas futbolçi bölgandi. Asrimiz boşida Angliyaning «oltin avlodi» deb ta'riflangan tarkibi ham xalqaro musobaqalarda zafar quça olmadi. Ferdinand öşa omadsizlardan biri. Çempion böliş uçun yetarli salohiyat va imkoniyatlarga ega bölgan jamoa yetakçisini boşqaça ta'riflaş mumkin emas.
Markaziy himoyaçi: Jon Terri (Angliya)
Milliy jamoa safida: 78ta öyin
Ferdinandning milliy jamoadagi şerigi ham klub miqyosida yaxşigina sovrindor hisoblanadi. Biroq milliy jamoada birorta sovrin yutişga erişa olmagan. «Çelsi»da bölgani kabi Angliya milliy jamoasida ham Terriga afsona sifatida qaraşadi. Farqi şundaki, u «aristokratlar» bilan yutişi mumkin bölgan deyarli barça sovrinlarni yutib çiqqan. Angliya uçun sovrin yuta olmagani haqida ortiqça qayğurmasa ham böladi. Boisi, bu jamoada u kabi köplab futbol afsonalari sovrinsiz faoliyat olib borişgan.
Çap qanot himoyaçisi: Erik Abidal (Fransiya)
Milliy jamoa safida: 68ta öyin
2004-2014 yillar mobaynida «uçranglilar» şarafini himoya qilgan Abidal ham uşbu jamoamizning faxriy a'zolaridan biri. Uning omadsizligi Fransiya uçun ikki sovrinli davr oraliğida faoliyat olib borganidadir. 1998 va 2018 yilgi çempionliklar oraliğida fransuzlar jamoasi katta avlodlar almaşinuvini va pastlaşni amalga oşirdi. Buni töğri qabul qiliş lozim, Zidan darajasidagi yulduzdan söng, yangi jamoa qurib çiqiş har qanday holatda ham oson bölmaydi.
Abidal ham bundan oldin esga olgan futbolçilarimiz kabi klubdagi faoliyatidan butkul köngli töq. Milliy jamoada esa unga omad yetişmagan.
Tayanç yarimhimoyaçisi: Klod Makelele (Fransiya)
Milliy jamoa safida: 71ta öyin
Asrimizning dastlabki ön yilligida töp tepgan eng sifatli tayanç yarimhimoyaçilaridan biri bölgan Makelele haqida ham Abidalga işlatgan gaplarimizni aytsak böladi. Fransiyaning 1998 va 2000 yilgi katta yutuqlariga uning butkul aloqasi yöq. 2006 yilgi Berlin finali uning uçun milliy jamoa miqyosida titulga erişişga eng yaqin kelgan öyini hisoblanadi. Bundan keyingi davrda faranglar jamoasi bir muddat katta titullar uçun da'vogarlik qilmadi.
Markaziy yarimhimoyaçi: Luka Modriç (Xorvatiya)
Milliy jamoa safida: 142ta öyin
Uşbu ramziy jamoamizda milliy jamoasi uçun Modriçdan köproq öyin ötkazgan futbolçini topa olmaysiz. Xorvatiyalik yarimhimoyaçi hali faoliyatini yakunlmagan bölsa-da, katta ehtimol bilan endi milliy jamoani titul sari yetaklay olmaydi. 2008 yilgi Yevropa çempionati pley-offida penaltini aniq amalga oşira olmagan Luka buning uçun ayblanişi kerak emasdi. Guruh bosqiçida musobaqa mezboni va bölğusi finalçi Germaniyani ham mağlub etib, 9 oçko töplanişida uning xizmatlari katta edi. 2018 yilda ham Modriç Rakitiç va Perişiç kabi jamoadoşlari bilan birga jamoani mundial finaliga qadar yetaklab olib bordi. Klass jihatidan raqibidan yaqqol ustun bölgan Fransiya finalda u qadar katta qiyinçilikka uçramadi. Modriç esa musobaqaning eng yaxşi futbolçisi unvoni bilan çegaralanişga majbur böldi.
Niderlandiya futbolidagi öziga xos futbolçilardan biri hisoblangan Sneyder ham milliy jamoada sovrinlardan benasib qolgan. Ayrimlar uni 2010 yilgi «Oltin töp»da yutişi kerak edi, deb hisoblaydi. Bu fikrlarda qaysidir ma'noda asos ham bor.
Ueslining bugungi kundagi vazni alohida mavzu. Biroq futbolçilik faoliyati ança yorqin keçganini yaxşi eslaymiz. Jarima zarbalardagi mahorati va klassik 10-raqam pozitsiyasidagi samarali harakatlari bilan muxlislar mehrini qozongan futbolçining milliy jamoa bilan titul yutmagani açinarli.
Öng qanot vingeri: Aren Robben
Milliy jamoa safida: 96ta öyin
Aren Robben eng kuçli davrlarida özi qatnaşgan barça turnirlarning eng katta yulduzlari qatorida e'tirof etilardi. U öz xarizmasi va emotsional harakatlari bilan har bir öyinni bezab berardi. 2008 yilgi Yevropa çempionati, 2010 va 2014 yilgi Jahon çempionatlari, şular jumlasidan. JARdagi mundial finalida 2ta birga bir imkoniyatni golga aylantira olgan taqdirda, azaliy armoni uşalişi mumkin edi. Uni Niderlandiya futboli busiz ham qahramondek yod etadi. Jahon kubogini taqdim eta olgan taqdirda, u millat qahramoniga aylanardi.
Çap qanot vingeri: Frank Riberi
Milliy jamoa safida: 81ta öyin
Ehtimol, aksariyat futbol muxlislarining nazdida öz milliy jamoasining timsoliga aylangan Pavel Nedved uşbu pozitsiyaga haqliroqdek körinişi mumkin. Lekin oçiğini tan oliş lozimki, milliy jamoa bilan titul yutiş imkoniyati çexlarda şundoq ham kam edi.
Riberi öz vaqtida «Oltin töp»ni yutiş uçun nomzodlar uçligiga ham kirgandi. Klubi bilan katta titullarning barçasini yutdi. 2006 yilgi jahon çempionati finali uning uçun milliy jamoa libosidagi eng yorqin va alamlisi bölsa kerak.
Markaziy hujumçi: Andrey Şevçenko
Milliy jamoa safida: 111ta öyin
Ukraina futbolida murabbiy sifatida ham tarix yarata boşlagan Şeva markaziy hujum zonamiz uçun ideal nomzod. Ha, unda milliy jamoa bilan titul yutiş imkoniyati u qadar yuqori emasdi. Biroq «Oltin töp»ni qölga kiritgan yulduzning milliy jamoa bilan birorta titul yutolmagani açinarli.
Futbolçi sifatida yaratgan rekordlarini bugun murabbiy sifatida yangilab bormoqda. Kim biladi, futbol möjizalarining navbatdagisi aynan Ukraina nomi bilan boğlanar va Andrey öz milliy jamoasida murabbiy sifatida çempionlik unvoniga erişar. Unga faqat omad tilaymiz.
Zaxira: Yan Oblak, Roberto Ayala, Eşli Koul, Frenk Lempard, Rui Koşta, Devid Bekxem, Pavel Nedved, Dide Drogba, Zlatan Ibrahimoviç, Robert Levandovski.