Joriy yilning may-iyun oylarida Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi tomonidan Samarqand şahar madaniyat bölimi, Kattaqörğon şahar drama teatri hamda Samarqand viloyati qöğirçoq teatrida davlat xaridlari, davlat mulkini boşqariş va undan foydalanişda qonun hujjatlariga rioya etilişi yuzasidan örganişlar ötkazilgan. Örganişlar davomida ularda bir qator qonunbuziliş holatlari aniqlangan. 
 
Jumladan, Samarqand viloyati qöğirçoq teatrida ötkazilgan örganişda köp yillik mehnat uçun ustama tölovlari tölanişi mumkin bölmasa-da, 2019-2020 yillarda jami 59 mln 430 ming sömlik qöşimça tölovlar notöğri tölab berilgan.

Mazkur holat yuzasidan 2021 yil 8 iyul kuni prokuratura idoralari tomonidan viloyat qöğirçoq teatri mansabdor şaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 2-qismi «v» bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Şuningdek, mazkur hujjatlarning Samarqand şahar madaniyat bölimiga nisbatan bölgan qismi 2021 yil 9 iyulda Samarqand şahar prokuraturasi iş yurituvidagi şahar madaniyat bölimi xodimlariga nisbatan bölgan jinoyat işiga qöşilgan. 

Bundan taşqari, Kattaqörğon şahar drama teatrida ötkazilgan örganişlarda qayd etilgan qonun hujjatlariga rioya qilinmaganligi natijasida, 2019-2020 yillarda 216,5 mln sömlik iş haqi va ustama tölovlar notöğri tölangan.

Mazkur holat yuzasidan teatrning mansabdor şaxslariga nisbatan 2021 yil 13 iyul kuni Jinoyat kodeksining 167-moddasi 2-qismi «g» bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Qayd etilişiça, hozirda har ikkala holat böyiça dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.