“Agar sizga kömak kerak bölsa, biz uni körsatamiz, biroq endi bepul emas”, deb aytgan Lukaşenko.

Belarus prezidentining ta'kidlaşiça, Litvada çegaradan noqonuniy muhojirlarni olib ötuvçi jinoiy guruhlar harakat qiladi, biroq mamlakat rahbariyati buni körmaslikka oladi. Uning aytişiça, Belarusni muhojirlar bilan boğliq inqirozda ayblaş uşbu haqiqatni yaşirişga uriniş hisoblanadi.

Lukaşenkoning ta'kidlaşiça, ğarb davlatlari Belarusga qarşi sanksiyalar kiritib, “mamlakatni böğmoqda” va şu sababli Minskdan bunday şaroitlarda himoya talab qiliş ğalatidir.

Belarus rahbari çegarani nazorat qiliş, jumladan noqonuniy migratsiya, giyohvand moddalar va qurol taşişning oldini oliş qimmat turişini aytgan. “Agar sizga bunda yordam berişimizni istasangiz, unda böynimizga sirtmoq solmang”, deb öz sözlarini yakunlagan Lukaşenko.

Avvalroq Yevropa Ittifoqining içki işlar böyiça yevrokomissari Ilva Yoxansson Belarusdan Litvaga ötayotgan noqonuniy muhojirlar soni 2020 yilga nisbatan 22 marta oşgani va 1,6 ming nafarga yetganini ma'lum qilgan. Uning ta'kidlaşiça, Belarus Yevropaga muhojirlar oqimini boşqa töxtatmayapti va aksinça, unga kömak körsatmoqda.

Litva hukumati oxirgi yarim yil içida Belarus çegarasi orqali ötişga harakat qilayotgan noqonuniy muhojirlar soni oşayotganini qayd qilmoqda. Şu sababli mamlakat rahbariyati favqulodda holat rejimini e'lon qilgan va çegaraning muammoli qismida 30 kmlik devor qurişga qaror qilgan.

Yevropa Ittifoqining çegaralarni muhofazalaş agentligi Frontex ma'lumotlariga köra, Litva çegarasini joriy yilning ilk yarim yilligida asosan Eron, Iroq, Suriyaning kurd aholisi, iyulda esa Senegal, Kongo, Gambiya, Gvineya va Malidan muhojirlar kesib ötişga harakat qilgan.

Iyul boşida Lukaşenko belaruslik çegaraçilar yetarliça kuç va mablağ yöqligi sababli noqonuniy migratsiyani boşqa uşlab turmasligini aytgan.