Litvaning LRT teleradiokompaniyasi xabariga köra, Sinkyaviçyus bu haqda 19-oktabr kuni Vilnyusda Milliy xavfsizlik komissiyasi yiğilişidan söng gapirgan.

Boş vazirning aytişiça, apparatning Ukrainaga tegişli ekanini topilgan parçalar, Ukraina tomonining murojaati va hujum paytida dronlardan biri bilan aloqa yöqolgani haqidagi maʼlumotlar tasdiqlamoqda.

«Ehtimol, aynan şu dron Litva Respublikasi hududida portlagan. U portlovçi modda olib yurganiga şubha yöq», - degan Sinkyaviçyus.

U avval mamlakatga dronlar Belarus tomondan kirib kelganini, bu safar esa apparat Polşa yönalişidan uçib kelganini taʼkidlagan.

Havoga kötarilgan qiruvçilar harakatlanayotgan obyektni radarlarida qayd etgan. Biroq noqulay ob-havo tufayli uçuvçilar uni bevosita körib, aniqlaş imkoniga ega bölmagan.

Sinkyaviçyusning sözlariga köra, dron qulaşining aniq sababi hali maʼlum emas. Ehtimollar orasida texnik nosozlik, yonilği tugaşi, yer yoki daraxtlarga uriliş bor.

18-oktabr tongida nomaʼlum obyekt bilan boğliq holat sabab Litva va Latviyada havo hujumi xavfi haqida ogohlantiriş berilgan. NATO böyiça ittifoqçilarning harbiy aviatsiyasi ham jalb qilingan. Dron parçalari Litvaning Pasvalis tumanidagi Yuodjonis qişloğidan topilgan.

Ukraina Taşqi işlar vazirligi öşa kuni hodisa yuzasidan afsus bildirgan. Vazirlik izohiga köra, Rossiya hududidagi harbiy nişonlarga qarşi operatsiya vaqtida dron Rossiyaning radioelektron kuraş vositalari taʼsirida yönalişini özgartirgan bölişi mumkin. Bu ehtimol hozirça hodisaning tasdiqlangan sababi sifatida eʼlon qilinmagan.