Amazon sobiq boş direktori Jyeff Bezos 200 mln dollar mablağni ikki ijtimoiy tadbirkorga xayriya sifatida ajratdi. U bu haqda kosmosga parvozidan söng ötkazilgan matbuot anjumanida e'lon qildi. 

Boş oşpaz Xose Andres Bezosdan 100 mln dollar oladi. Andres 2018 yilda tinçlik böyiça Nobel mukofotiga tavsiya qilingandi. U 2010 yilda World Central Kitchen loyihasi hammuallifi bölgan. Mazkur notijorat taşkilot dunyoning tabiiy ofatlardan zarar körgan hududlaridagi aholining ovqatlanişini taşkil etişda yordam beradi. Qayd etilişiça, taşkilot ötgan haftada Germaniyadagi suv toşqinlaridan jabrlangan aholiga yordam berdi. 

Yana 100 mln dollarni CNN siyosiy eksperti Ven Jons oladi. Jons mahbuslar huquqlari va ularning jamiyatga integratsiyasi bilan şuğullanadigan bir neçta notijorat taşkilotlar va harakatlar asosçisi hisoblanadi.

Bezosning sözlariga köra, Jons va Andres mablağlardan özlari istaganidek foydalanişlari mumkin. Jyeff Bezos Courage and Civility Award taşabbusini boşlaganini ma'lum qildi: biznesmen global muammolar yeçimi bilan şuğullanayotgan insonlarga mablağ ajratadi.

20 iyul kuni Jyeff Bezos özi asos solgan Blue Origin kompaniyasining New Shepherd kemasida kosmosga muvaffaqiyatli parvozni amalga oşirdi. Parvoz 10 daqiqa-yu 18 soniya davom etdi.

Bu vaqt davomida raketa tört kişi joylaşgan kapsulani quyi orbitaga olib çiqdi. Şundan söng raketa belgilangan nuqtaga qaytib qöndi, ma'lum muddat vaznsizlik holatida bölgan kapsula birozdan keyin paraşyut yordamida yerga qaytib tuşdi. Har ikkala qöniş ham muvaffaqiyatli böldi.

Bezos parvozdan biroz vaqt oldin ham Vaşingtondagi havoga parvoz va astronavtika milliy muzeyiga 200 mln dollar ajratgandi.

Forbes Real-Time reytingiga köra, uning boyligi 205 mlrd dollarga teng.