Namanganda köprik sozlaş işlari sabab harakat vaqtinça çeklandi. Bu haqda Içki işlar vazirligi Yöl harakati xavfsizligi boş boşqarmasi xabar qilmoqda.

Qayd etilişiça, ob-havo özgarib, yomğir yoğişi natijasida Kosonsoy tumani tomonidan sel toşqini kelib, Namangan şahar hududidan ötgan 4R-117 "Töraqörğon-Namangan-Çortoq" avtomobil yölining 15-kilometrida joylaşgan köprikka zarar yetgani sabab sozlaş işlari olib borilişi munosabati bilan harakat töliq çeklandi. 

Şuningdek, 4R-112 "Farğona halka yöli" avtomobil yölining 73-kilometrida joylaşgan "Taşlama" köprigiga zarar yetganligi sabab sozlaş işlari olib borilişi munosabati bilan harakat qisman (bir tomonlama taşkil etilgan) çeklandi.

Haydovçilardan tartibga soluvçilarning işoralariga, yöl belgilariga rioya qilib, tirbandliklarning oldini oliş maqsadida vaqtinça aylanma yöllardan foydalaniş söralgan.