Tojikistonda 22 iyulga ötar keçasi jangovar şaylikni tekşiriş böyiça “Çegara-2021” maşğulotlari boşlandi. Ularda respublika qurolli kuçlarining barça bölinmalari va kuç tuzilmalari iştirok etmoqda. Maşğulotlar mahalliy vaqt bilan soat 2:00da prezident Imomali Rahmon buyruği bilan boşlangan.

Tojikiston mudofaa vaziri Şerali Mirzo prezidentga maşğulotlarda qurolli kuçlar va kuç tuzilmalari şaxsiy tarkibining 100 ming xodimi va 130 ming zaxiradagi zobit va askarlar iştirok etayotganini ma'lum qilgan.

“Maşğulotlar davomida belgilangan joylarga 1023ta zirhli texnika birligi, 3167ta maxsus avtomobil texnikasi, 447ta artilleriya qurilmasi, zambarak va minomyotlar, 254ta havo hujumiga qarşi mudofaa birligi, 45ta samolyot va jangovar vertolyot joylaştirilgan”, deb ma'lum qilingan mudofaa vazirligi xabarida.    

30 iyulda Afğoniston bilan çegaradoş Surxondaryo viloyatida Özbekiston va Rossiya harbiylari iştirokida qöşma maşğulotlar boşlanadi. Ularda 1,5 mingga yaqin harbiy iştirok etişi kutilmoqda. 5 avgustda esa Tojikistonning Xatlon viloyatida Tojikiston, Özbekiston va Rossiya harbiylari iştirokida yana bir maşğulot ötkaziş rejalaştirilgan.

Uşbu maşğulotlar Afğonistonda “Tolibon” harakati faollaşgani ortida vaziyat keskinlaşgani bilan boğliq holda ötkazilmoqda. Avvalroq toliblar Afğonistonning 85 foiz hududini nazorat qilayotganini ma'lum qilgandi.