Gap şundaki, Boburşoh köçasining ikkita joyidagi – “Xalq banki” filiali binosi va avtoşohbekat yonidagi çorrahaga örnatilgan “Töxtaş taqiqlangan” yöl belgilarini olib taşlaş haqida şu yil 5 may kuni Baliqçi tuman hokimining qarori qabul qilingan.

Biroq, qariyb uç oydan buyon noqonuniy örnatilgan yöl belgilari tufayli avtoulov haydovçilari yöl harakati xavfsizligi xodimlari tomonidan jarimaga tortilmoqda.

Holat böyiça tuman adliya bölimi boşliği Farruxbek Kunaboyev şunday deydi:

“Baliqçi tumani markazidagi Xalq banki binosi hamda avtovokzal yonidagi çorrahada örnatilgan “Töxtaş taqiqlanadi” belgilari Baliqçi tuman hokimining 2020 yil noyabrda qabul qilingan qarori asosida örnatilgan. Lekin bu qarorlar normativ-huquqiy tusga ega bölişiga qaramay, bevosita adliya bölimidan huquqiy ekspertiza ötkazilmasdan qabul qilingan.

Biz bölim tomonidan ötkazilgan monitoring jarayonida uşbu holatni aniqlab, belgilangan tartibda tuman hokimi nomiga taqdimnoma kiritganmiz.

2021 yilning may oyida uşbu yöl belgilarini örnatiş töğrisidagi qaror bekor qilinişi ta'minlangan. Ya'ni 12 may kuni 241-sonli tuman hokimining qarori asosida uşbu yöl belgilarini örnatiş töğrisidagi qaror bekor qilingan.

Tuman hokimining yöl belgilari örnatiş töğrisidagi qarori bekor qilingan bölsa ham, ya'ni yöl belgilarini olib taşlaş kerak bölsa ham, mas'ul idoralar bunga e'tibor qaratmayapti, yöl belgilari olinmayotgani natijasida fuqarolarga noqonuniy ravişda jarimalar qöllanib kelinmoqda.

Bu yöl belgilar qonuniy qöyilişi uçun, avvalo, tuman avtomobil yöllaridan foydalaniş unitar korxonasi, içki işlar bölimi yöl harakati xavfsizligi guruhi hamda tuman hokimligi boş huquqşunosi mas'ul hisoblanadi. Mazkur yöl belgilarining tezroq olinişi xalq manfaati uçun xizmat qiladi”, – deydi tuman adliya bölimi boşliği Farruxbek Kunaboyev.

Baliqçi tuman IIB YHXB idorasiga bordik. Ma'muriy amaliyot inspektori Adhamjon Isaqov biz bilan suhbatda tuman hokimligi tomonidan ma'lum bir joydan yöl belgisining olinişi haqida çiqqan qaror tuman avtomobil yöllariga xizmat körsatiş idorasi va yöl harakat xavfsizligi guruhiga öşa kunning özida yetib kelişini bildirdi.

Ne ajabki, tuman hokimining qarori uç oydan beri oraliği bor-yöği bir kilometr bölgan mas'ul idoralarga yetib kelmayapti ekan... Haydovçilarga esa jarimalar yozilmoqda.

Şu örinda, haqiqiy (yuridik kuçga ega) bölmagan yöl belgisi sabab jarima tölaşga majbur bölgan fuqarolarga öz huquqlarini sud orqali röyobga çiqarişga, tölangan jarimalarni qaytarib olişga imkoniyatlari borligini eslatib ötişni lozim topdik.

MJtKning 316-moddasiga köra, ma'muriy huquqbuzarlik töğrisidagi iş yuzasidan çiqarilgan qaror xususida şu qarorning nusxasi olingan kundan e'tiboran 10 kun içida şikoyat berilişi mumkin.

Qaror (ma'muriy bayonnoma) çiqarilganiga 10 kundan oşib ketgani vaji bilan şikoyat rad etilişi mumkin.

Ammo, unutmaslik lozimki, mazkur masala Kun.uz'da e'lon qilinguniga qadar, yöl belgilarining haqiqiy bölmaganidan haydovçilar bexabar bölişgan. MJtKning ta'kidlangan moddasida 10 kunlik muddat uzrli sabablar bilan ötkazib yuborilgan taqdirda, bu muddat şikoyatni körib çiqişga vakolatli organ (mansabdor şaxs) tomonidan qayta tiklanişi mumkinligi aytiladi.

Bu örinda Andijon viloyat IIB YHXBdan fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklaşda taşabbus körsatişlariga umid bildirib qolamiz.

Elmurod Ermatov,
Kun.uz muxbiri
Tasvirçi va montaj ustasi – Azizbek Ismoilov